WikiLeaks asosçisi Julian Assanj Britaniya hukumatidan ekstraditsiya qilinmasligiga yozma tasdiqlov olsa, Birlaşgan Qirollikning tegişli idoralariga taslim bölişga tayyorligini ma'lum qildi. Bu haqda Assanjning Ekvadordagi advokati Karlos Poveda ma'lum qildi.
“Bu şart davlatlar (Britaniya va Ekvador) örtasidagi kelişuv kabi yozma şaklda bölişi lozim. Unda AQŞga yoki uçinçi davlatga ekstraditsiya bölmasligi körsatilgan bölişi kerak. Agar şu şart bajarilsa, Assanj Britaniya sudi oldida turadi”, deb aytgan Poveda.












