27 oktabrdan 28 oktabrga ötar keçasi, taxminan soat 2:00da «Lacetti» rusumli avtomobil haydovçisi öz avtotransportini haydovçilik guvohnomasisiz boşqarib, YPX inspektorining töxtaş belgisiga böysunmasdan belgilangan tezlikni oşirgan holda voqea joyidan berkinişga uringan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qilmoqda.
Huquqbuzar avtomobili Şayxontohur tumani Olmazor va Islom Karimov köçalari tutaşgan çorrahadan katta tezlikda svetoforning harakatni taqiqlaydigan signalini e'tiborga olmasdan ötib ketib «HOWO» rusumli mikser yuk maşinasiga urilgan.
YTH natijasida «Lacetti» haydovçisi - 29 yoşli Jörabek A. tan jarohatlari bilan şifoxonaga yetkazildi. Yengil maşina yölovçisi – 26 yoşli Şahboz X. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida halok böldi.
YTH fakti asosida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi («Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş») böyiça jinoiy iş qözğatildi.
Tergov davomida YTH sabablari va haydovçining tezlikni oşirişiga sabab bölgan holatlar aniqlanadi. Huquqbuzarni ta'qib qilib kelgan xodimlarga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlandi.











