Joriy yilning 23-27-oktabr kunlari Xitoy poytaxti Pekinda Örmonçilik böyiça 4-Xalqaro Kongress bölib ötdi. Anjuman BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi (FAO), Örmon xöjaligida ilmiy tadqiqotlar olib boruvçi taşkilotlar xalqaro uyuşmasi (IUFRO), Xitoy milliy Örmonçilik va kökalamzorlaştiriş vazirligi, Xitoy örmon xöjaligi akademiyasi ta'sisçiligida taşkil etilgan.

Kongressda 70dan ziyod davlatlar va 10dan ortiq nufuzli xalqaro taşkilotlardan örmonçilik sohasida faoliyat olib borayotgan olimlar, tadqiqotçilar hamda yetakçi mutaxassislar iştirok etişdi.

Kongressning dastlabki uç kunida dunyodagi sohaning yetakçi olimlari, tadqiqotçilari tomonidan örmonçilik sohasida, jumladan çöl va nam tanqis hududlarda örmon barpo etiş işlarini taşkil etiş, uçrayotgan muammolar hamda ularning yeçimlari böyiça olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar böyiça ilmiy ma'ruzalar bölib ötdi.

Kongressda tinglangan ma'ruzalar, berilgan takliflar va bildirilgan mulohazalarga köra, ayniqsa, qurğoqçilik va boşqa hududlarda degradatsiyaga uçragan maydonlarni özlaştiriş, örmon va yaylovlar barpo etişni jadallaştiriş, çöllanişga qarşi samarali kuraşiş, bunday hududlarda yaşayotgan aholi uçun barqaror ijobiy ekologik şaroit yaratiş, ularning oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş masalalarida xalqaro hamkorlikni, jumladan, ilmiy tadqiqotlarni kuçaytiriş zarurligi ta'kidlandi.

Uşbu kongressda Özbekiston örmon xöjaligi davlat qömitasi rais örinbosari - Örmon xöjaligi ITI direktori, professor A.Hamzayev Özbekistonda örmonçilik sohasida olib borilayotgan işlar, sönggi yillardagi salmoqli ijobiy özgarişlar, ilmiy tadqiqot yönalişlari haqida ma'ruza qildi.

Ma'ruzada Orol dengizi qurişining salbiy oqibatlarini kamaytiriş, hududda va qum zararli tuzlarni köçişini, yöllar va aholi yaşaş hududlarini qum bosişini oldini oliş, Markaziy Osiyoning Orol dengizi mintaqasida barqaror ekologik holatni taşkil etiş maqsadida hamkorlikda tadbirlar va ilmiy tadqiqotlar olib boriş lozimligi taklifini örtaga taşladi. 

Kongress işi davomida Özbekiston örmon xöjaligi davlat qömitasi va uning huzuridagi ilmiy-tadqiqot instituti bilan Örmon xöjaligida ilmiy tadqiqotlar olib boruvçi taşkilotlar xalqaro uyuşmasi (IUFRO), Xitoy örmon xöjaligi akademiyasi (CAF), Koreya örmon xöjaligi ilmiy tadqiqot instituti, Möğuliston milliy universiteti, Eron örmonçilik va yaylovşunoslik ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlik uçun memorandum imzolaşga va kelgusida hamkorlikda örmonçilikdagi muammolar böyiça tadqiqotlar olib borişga kelişildi.