Hukumat qarori bilan «Muomalaga çiqarilayotgan qişloq va örmon xöjaligi transport vositalari va maşinalarining xavfsizligi töğrisida»gi texnik reglament tasdiqlandi.
Texnik reglament quyidagilarni nazarda tutadi:
- muomalaga çiqarilayotgan qişloq va örmon xöjaligi transport vositalari va maşinalariga qöyiladigan xavfsizlik talablarini;
- texnika vositalarini identifikatsiya qiliş qoidalari, texnika vositalarining reglament talablariga muvofiqligini baholaş va tasdiqlaşni;
- texnika vositalarini muomalaga çiqariş qoidalari hamda muvofiqlik belgisi bilan tamğalaşni;
- reglament talablariga rioya etilişi ustidan davlat nazoratini örnatişni.
Reglament quyidagi texnika vositalariga nisbatan qöllaniladi:
- traktorlar (T va S toifalar);
- tirkamalar (R toifa);
- almaşadigan tirkama maşinalar (S toifa);
- öziyurar, osma, yarim osma, tirkama va örnatiladigan maşinalar;
- boğdorçilik-uzumçilik, polizçilik, sabzavotçilik, kartoşkaçilik, rezavor meva va dorivor ösimlikçilik hamda örmonçilikda qöllaniladigan mexanizatsiyalaşgan kiçik mexanizatsiya vositalari, şu jumladan, motokultivator, motoöriş moslamasi, motoarava va elektrlaştirilgan mexanizatsiya vositalari va boşqalar;
- çorvaçilik, parrandaçilik, baliqçilik, asalariçilik, pillaçilik mahsulotlarini işlab çiqariş va oziqa tayyorlaş jarayonida qöllaniladigan maşinalar;
- uruğlarni, ğallani yoki dukkakli sabzavotlarni tozalaş, saralaş yoki kalibrovka qiliş uçun maşinalar.
Texnik reglament umumiy talablar, şu jumladan, boşqa texnik reglamentlar bilan tartibga solinadigan texnika vositalarini işlab çiqariş, sotiş va yöq qiliş jarayonlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.













