«Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi 28 oktabr kuni Vnukovo aeroportiga birinçi reysni amalga oşirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

MAKning «Vnukovo» aeroportiga yetib kelgan birinçi reysiga Toşkentdan HY-603 ertalabki parvozi aylandi. Şu munosabat bilan aeroportda an'anaviy suv arkasi orqali birinçi bortni kutib oliş marosimi ötkazildi.

Foto: Özbekiston havo yöllari

Bundan oldin, «Özbekiston havo yöllari» «Domodedovo» aeroportiga reyslarni amalga oşirgan. «Vnukovo» aeroporti aviakompaniya uçun joylaşuv va infratuzilmasi yölovçilarga qulay parvoz hamda xizmat körsatiş imkonini beradigan ideal yeçim böldi, deya qayd etib ötişgan matbuot xizmatidan.

«Özbekiston-Rossiya yönalişi nafaqat aviakompaniya, balki butun Özbekiston uçun strategik ahamiyatga ega. Uşbu reyslar biznes va turistik aloqalarni rivojlantiriş hamda mustahkamlaşga qöşimça turtki beradi. «Özbekiston havo yöllari» tomonidan 2018 yilning 9 oyi mobaynida Özbekiston va Moskva örtasida 3 mingga yaqin reyslar amalga oşirildi hamda yarim milliondan ziyod yölovçi taşildi», - dedi MAK boş direktorining birinçi örinbosari v.b. Umid Husanov.