Tez orada «Real» boş murabbiyi bölişi kutilayotgan Antonio Kontening «qirollik klubi»dagi birinçi transfer maqsadi aniq, deb yozmoqda Calciomercato.
Naşrning aniqlaşiça, italiyalik mutaxassis «Mançester Yunayted»dan Pol Pogbani yangi jamoasida köriş istagida. Öz navbatida, madridliklar rahbariyatining ham bundan xabari bor va ular bu transferni amalga oşiriş qiyinçilik tuğdirmaydi, deb hisoblaşmoqda. «Real»da uşbu nomzodni xarid qiliş masalasi Zinedin Zidanning iste'fosiga qadar ham kun tartibida bölgani aytiladi.
Şu bilan birga, manbaga köra, «Qaymoqranglilar» «Çelsi» hujumçisi Eden Azar bilan boğliq vaziyatni ham kuzatişda davom etmoqda. Belgiyalik futbolçi hozirga qadar bir neça marotaba «Real»ga ötiş istagi borligini oçiq aytib keladi.
Eslatib ötamiz, keça «Real» rahbariyati yiğilişida Xulen Lopetegi boş murabbiy lavozimidan ozod etilgan, uning örniga «Kastilya» ustozi Santyago Solari vaqtinça boş murabbiy vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan edi.












