Adliya vazirligi uy-joy kommunal xizmat körsatiş faoliyatini örgandi. Tadqiqot jarayonida tarmoqning rivojlanişiga tösqinlik qilayotgan ayrim muammo va kamçiliklar aniqlandi, deyiladi vazirlik saytida.
Xususan, tadqiqot natijalaridan ma'lum bölişiça, suv ta'minotidagi kommunal uskunalar va muhandislik kommunikatsiyalari eskirib ketgan. 2 888 (40 %) suv ta'minoti inşootlari, 4 512 km (32 %) suv ötkaziş inşootlari, 19 753 km (36 %) suv ötkaziş tarmoqlari, 567 km (31 %) kanalizatsiya kollektorlari va 1 368 km (25 %) kanalizatsiya tarmoqlari ta'mirga muhtoj. Şuningdek, 758 qozonxonalar va 5 000 km issiqlik tarmoqlarining holati issiqlik energiyasini me'yoridan ortiq yöqotişga hamda issiqlik ta'minoti korxonalarining debitorlik va kreditorlik qarzlarining oşib ketişiga olib kelayotgani aniqlandi.
Uy-joy kommunal xizmat körsatiş sohasida “Özbekkommunalloyihaquriliş” DUK (suv ta'minoti va kanalizatsiya obektlari böyiça) va “Issiqlikelektrloyiha” AJ (issiqlik ta'minoti böyiça) tomonidan loyiha xizmatlari bozorida iqtisodiy konsentratsiya tarmoq raqobatbardoşligini rivojlantirişga tösqinlik qilayotgan muhim omillardan hisoblanadi. Bu raqobat töğrisidagi qonunçilik talablariga töğri kelmaydi.
Davlat-xususiy şerikçiligining ta'sirçan mexanizmlarini yetarli darajada joriy etilmaganligi va investitsiyalarni keng jalb qiliş uçun yanada qulay şaroitlar yaratiş zaruriyati, jumladan past rentabelli uy-joy kommunal xöjaligi korxonalari tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligini pasaytirib, byudjyet xarajatlarini optimallaştiriş yölida ğov bölmoqda.
Tahlil jarayonida şuningdek, köp xonadonli uy-joy fondidan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Içimlik suvidan foydalanişni nazorat qiliş davlat inspeksiyasining suv ta'minoti va kanalizatsiya sohasidagi faoliyatlari takrorlanayotgani aniqlandi. Bu mazkur sohada davlat xizmatlarini optimallaştiriş zarurligini körsatadi.
Uy-joy kommunal tarif siyosatini yanada takomillaştiriş, jumladan rağbatlantiruvçi tariflarni tartibga soliş tizimini işlab çiqiş va joriy etiş böyiça tegişli çora-tadbirlar qabul qilinmayotgani uy-joy kommunal sohasining zararli işlaşiga hamda kommunal korxonalar qarzlarining oşişiga sabab bölmoqda. Tarmoqning moliyaviy holatidagi kamçiliklar suv va issiqlik ta'minoti korxonalarining kreditorlik (1,2 trln sömdan ortiq) va debitorlik qarzlari (531 mlrd sömdan ortiq) mavjudligi bilan izohlanadi.
Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligiga kelib tuşadigan murojaatlar örganib çiqilganda, xususiy uy-joy mulkdorlari şirkati faoliyatining turli jihatlari uşbu sohadagi eng oğriqli nuqta ekani aniqlandi. Xususan, imtiyozli asosda olingan kredit mablağlaridan maqsadsiz foydalaniş masalasidir.
Köp xonadonli uy-joy fondidan foydalanişning barça jihatlarini tartibga soluvçi tegişli qoida va me'yorlarning mavjud emasligi ham uy-joy kommunal tarmoğidagi kamçiliklardan biri hisoblanadi. Mazkur holat köp xonadonli uy-joy fondini boşqariş sohasida huquqiy kamçiliklar mavjud ekanligidan dalolat beradi. Şu bilan birga, köp xonadonli uy-joy fondidan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi xodimlarining öz xizmat majburiyatlarini tegişli tarzda bajarişiga imkon bermaydi.
Masalan, hududiy inspeksiyaning ştatlari soni 4 nafardan 10 nafargaça bölgan xodimni taşkil etadi. Ayni paytda, xizmat körsatilayotgan uylar soni esa 1 118 tadan 4 492 tagaça özgarib turibdi. Şu tarzda, bir nafar inspektorning örtaça işi oyiga 23 tadan 53 tagaça bölgan köp xonadonli uylar (500 tadan 3 991 tagaça bölgan xonadon) bilan işlaşga töğri kelmoqda.
Mavjud muammolarning kompleks tahlillari yakuni va xorijiy ilğor tajribani hisobga olgan holda, Adliya vazirligi tomonidan uy-joy kommunal xöjaligini boşqariş tizimini takomillaştiriş va tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş böyiça tegişli takliflar tayyorlangan.












