Hozirda qişloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş davom ettirilmoqda.
Adliya vazirligi telegram-kanalining yozişiça, uşbu uylar dastlabki badali quyidagiça:
• 0,02 ga ölçamli yer uçastkalarida joylaştiriladigan ikki, uç, tört, beş qavatli köp kvartirali (2 va 3 xonali) va 2, 3 xonali bir qavatli arzon uy-joylar uçun – 10 foiz miqdorida;
• 0,04 ga ölçamli yer uçastkalarida joylaştiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlaştirilgan arzon uy-joylar va 0,06 ga ölçamli yer uçastkalarida joylaştiriladigan 3, 4 va 5 xonali arzon uy-joylar uçun – 25 foiz miqdorida.
Uşbu uylarni oliş uçun ipoteka kreditlari 2020 yil 1 yanvargaça bölgan davrda 20 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr hamda birinçi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalaştiriş stavkasi miqdorida beriladi.
Xöş, bu uylarni qanday oliş mumkin? Buning uçun albatta siz uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj deb topilişingiz kerak.
Uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj bölgan oilalarga quyidagilar kiradi:
• turar joyi yöq va turar joyda ijara şartlarida yoki yaşaş uçun yaroqsiz turar joyda yaşayotgan oilalar;
• boşqa oila yoxud boşqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) birgalikda yaşovçi oila;
• köp bolali oilalar;
• töliq bölmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotgan onalar (otalar);
• daromadi yuqori bölmagan oila (bir oydagi jami daromadi har bir oila a'zosiga belgilangan eng kam oylik iş haqining 3 baravari miqdorigaça töğri keladigan oila);
• tarkibida birinçi guruh nogironi bölgan yoxud surunkali kasallikning oğir turlaridan azob çekuvçi va qonun hujjatlariga muvofiq alohida xonada yaşaşga ehtiyoj sezuvçi şaxs bölgan oila;
• uy-joy maydoni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan (bir şaxs uçun umumiy uy-joy maydoni 16 kv. metrdan kam bölmagan, kursi-kolyaskadagi nogironlar uçun 23 kv. metrdan kam bölmagan) uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq bölmagan oilalar endilikda tuman hokimi huzurida taşkil etilgan doimiy komissiyaga murojaat etib, namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylarni oliş uçun kerakli yozma tavsiyani oliş uçun uy-joyi yöqligi töğrisida asoslantiruvçi hujjatlarni ilova qilgan holda mazkur nizom talablari asosida işlab çiqilgan anketa-arizani komissiya raisi (tuman hokimi) nomiga yoziş bilan murojaat etişlari mumkin.
Tuman komissiyasiga qanday hujjatlar taqdim qilinadi?
• Ariza;
• Pasport nusxasi;
• Soliq tölovçining identifikatsiya raqami nusxasi (STIR);
• Oila a'zolari pasportlari va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (töliq oila va nikoh hamda voyaga yetgan farzandlar mavjud bölgan taqdirda) va/yoki farzandlar tuğilganligi haqidagi guvohnomalar (voyaga yetmagan farzandlar mavjud bölgan taqdirda) nusxalari;
• Yaşaş joyidan oila tarkibi töğrisida ma'lumotnoma;
• Nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh bekor qilinganligi yoki nikoh haqiqiy emas deb tan olinganligi töğrisida sud qarori (nikoh qayd etilgan holatda) yoki oilaviy holati töğrisida fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş organlari (FHDYo) arxividan ma'lumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan holatda);
• Doimiy iş joylaridan berilgan ariza beruvçi va u bilan birga yaşayotgan oila a'zolarining oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari töğrisida ma'lumotnoma yoki ariza beruvçi va uning oila a'zolarining yaşaş joyidagi davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlar töğrisidagi deklaratsiyalar nusxalari;
• Doimiy propiska joyidan kadastr hujjati nusxasi (agar turar joyi doimiy propiska joyi bilan töğri kelsa);
• Doimiy propiska joyidan uy daftarining yoki kvartiralar böyiça kartoçkaning (17-şakl) nusxasi (agar turar joyi doimiy propiska joyi bilan töğri kelsa);
• Ijara yoki turar joydan tekinga foydalaniş töğrisida şartnoma yoki yer resurslari va davlat kadastri tuman bölinmasi ma'lumotnoma nusxasi (ariza beruvçining mulk huquqi asosida turar joyi bölmagan holatda);
• Nogironlik guruhi körsatilgan holda pensiya guvohnomasi, uşbu hujjat mavjud bölmagan taqdirda Soğliqni saqlaş vazirligining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasidagi tumanlararo (tuman) tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (TMEK) ma'lumotnoma nusxasi (oila a'zolari orasida birinçi guruh nogironi mavjud bölgan holatda);
• Turar joyi böyiça tuman davolaş-profilaktika muassasaning vraçlik-maslahat komissiyasi (VMK) ma'lumotnomasi yoki ariza beruvçining oila a'zolari orasida surunkali kasallikning oğir turlaridan azob çekuvçi va Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tasdiqlangan röyxatga muvofiq alohida xonada yaşaşga muhtoj bölgan şaxsning mavjudligi holatida — tumanlararo (tuman) TMEK ma'lumotnomasi.
Ariza neça kunda körib çiqiladi?
Dasturda iştirok etiş uçun taqdim etilgan ariza va hujjatlar qayd qilingan oxirgi sanasidan boşlab tuman komissiyasi tomonidan 15 iş kunida körib çiqiladi. Tekşiriş dalolatnomasi tuziladi. Tuman komissiyasi tomonidan ariza beruvçilarni tanlaş va Dasturda iştirok etişda ularning ijtimoiy ustuvorligini belgilaş uçun foydalaniladigan ariza beruvçilarning ijtimoiy va uy-joy şaroitlarining asosiy körsatkiçlari e'tiborga olinib, 60 ballik tizimda baholanib, 2-nusxada yozma tavsiya beriladi.
Ariza qanday hollarda rad etilişi mumkin?
Quyidagi hollarda yozma tavsiya beriş ariza beruvçiga rad etilişi mumkin:
• hujjatlarni töliq bölmagan hajmda taqdim etiş;
• Dasturda iştirok etiş uçun ariza va hujjatlar taqdim etilişining oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim etiş (bunda keyingi yilda hujjat taqdim etiş mumkin);
• taqdim etilgan hujjatlarda işonçsiz yoki buzilgan ma'lumotlar mavjudligi;
• ariza beruvçining uy-joy şaroitlarini örganiş yakunlari böyiça tuzilgan tekşiriş dalolatnomasida ariza beruvçida uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga ehtiyoj yöqligi holatining asosli körsatilişi;
• Dastur va qişloq joylarda namunaviy loyihalar böyiça yakka tartibda uy-joy quriş dasturlari doirasida ilgari qişloq joylarda arzon uy yoki yakka tartibdagi uy olgan uy quruvçining va/yoki uning oila a'zolari (eri, xotini, ota-onasi, farzandlari)ning takroriy murojaati.
Yuqorida körsatilgandan boşqa asoslar böyiça yozma tavsiya beriş rad etilişiga yöl qöyilmaydi.












