2 noyabr kuni Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi mamlakatlari hukumat rahbarlari bilan uçraşdi.

Foto: Qozoğiston prezidenti matbuot xizmati

Uçraşuvda Qozoğiston boş vaziri Bakitjan Sagintayev, Ozarbayjon - N.Mamedov, Belarus - S.Rumas, Qirğiziston - Muxammetkaliy Abilğoziyev, Tojikiston - Qohir Rasulzoda, Özbekiston - Abdulla Aripov, Rossiya - Dmitriy Medvedev, Armaniston boş vaziri birinçi örinbosari - A.Mirzoyan, Turkmaniston vazirlar mahkamasi raisi örinbosari - G.Muradov, MDH Ijroiya qömitasi raisi Sergey Lebedev iştirok etdi.

Oqörda matbuot xizmati xabariga köra, davlat rahbari MDHga a'zo mamlakatlar hukumat rahbarlarini qutlab, ötkazilayotgan Kengaş yiğilişi Hamdöstlik davlatlari hamkorligini mustahkamlaşda alohida ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.

«Sizlar bugun Hukumat rahbarlari kengaşining navbatdagi majlisida iştirok etasizlar. Yiğiliş kun tartibiga 15ta amaliy masalalar kiritilgan. Işonçim komilki, uşbu tadbir özaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirişga xizmat qiladi», - dedi u.

N.Nazarboyev MDH davlatlari örtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş muhimligini ta'kidladi.

«Çorak asrdan köproq vaqt mobaynida MDH xalqlarimiz örtasidagi tarixiy aloqalarni saqlab qolişga imkon yaratib, har bir davlat suverenitetini mustahkamlaşga öz hissasini qöşgan tölaqonli taşkilotga aylandi. Bugun Hamdöstlik doirasida hamkorlik yanada kengaydi. MDH içidagi özaro savdo ösişda davom etmoqda. Ötgan yili tovar aylanmasi hajmi 164 milliard AQŞ dollarini taşkil etdi, bu körsatkiç 25 foizga ösdi. Şu kabi tendensiya joriy yilda ham davom etmoqda», - deya ma'lum qildi prezident.

Uçraşuv davomida Qozoğiston boş vaziri Bakitjan Sagintayev va Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev ham sözga çiqqan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Abdulla Aripov Ostonaga borişi xabar qilingandi.