Ostonada 2 noyabrda lotin yozuviga asoslangan qozoq tilidagi birinçi gazeta taqdim qilindi. Bu haqda Qozoğiston madaniyat va sport vazirligi ma'lum qildi.
2017 yil oktabrda Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev qozoq tili alifbosining 2025 yilgaça bosqiçma-bosqiç lotin yozuviga ötkazilişi haqidagi farmonni imzolagandi. Öşanda lotin yozuviga asoslangan qozoq tili alifbosi tasdiqlangan.
“Bugun poytaxtda Qozoğiston madaniyat va sport vazirligi va “Til-xazina” milliy ilmiy-amaliy markazi lotin yozuvidagi axborot gazetasi "Til-Qazyna"ni taqdim qildi”, deb aytilgan xabarda.
Taqdimot iştirokçilariga yangi naşr konsepsiyasi haqida sözlab berilgan va uning lotin yozuviga asta-sekin ötişdagi vazifalarni bajarişda muhim rolga egaligi ta'kidlab ötilgan.
Ma'lum qilinişiça, yangi naşr yangi qozoq alifbosini ilgari suriş böyiça axborot beriş, uni örganişda ilmiy-uslubiy yordam körsatiş, keng omma uçun qiziqarli ma'lumotlarni çop etişga qaratilgan. Gazeta bir oyda 2 marta çop etiladi.













