Italiya çempionati 11-turidan örin olgan navbatdagi öyinlar ötkazildi. 

"Yuventus" öz maydonida "Kalyari"ni qabul qilib, 3:1 hisobida ğalaba qozondi. 
Maydon egalari safida Dibala, Kuadrado 1tadan gol urgan bölsa, yana bir gol raqib futbolçisi Bradariçning öz darvozasini işğol etgani oqibatida kiritildi. Mehmonlarning yagona javob goliga Joao Pedro mualliflik qildi. 

Yana bir öyinda "Fiorentina" öz maydonida "Roma"ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi. Maydon egalari safida Veretu gol urgan bölsa, mehmonlarning goli Florentsi tomonidan kiritildi. 

Yuventus – Kalyari 3:1

Gollar: 1:0 – 1 Dibala, 1:1 – 36 Joao Pedro, 2:1 – 38, avtogol Bradariç, 3:1 – 87 Kuadrado.
Yuventus – Şçensny, Joau Kanselu, Bonuççi, Benatiya, De Şilo, Bentankur, Pyaniç (Aleks Sandro, 70), Matyuidi (Bardzali, 83), Duglas Kosta (Kuadrado, 46), Dibala, Ronaldu.
Kalyari – Krano, Srna, Çeppitelli, Pizakane, Padoin (Sau, 80), Ionitse (Farago, 67), Bradariç (Çigarini, 56), Barella, Kastro, Joao Pedro, Pavoletti.
Ogohlantirişlar: Bradariç (32), Pavoletti (49), Pizakane (63), Matyuidi (75).

Fiorentina – Roma 1:1

Gollar: 1:0 – 32, penalti Veretu, 1:1 – 85 Florentsi.
Fiorentina – Lafon, Milenkoviç, Petstselya, Vitor Ugo, Biragi, Benassi (Dabo, 73), Veretu, Jyerson, Miralyas (Fernandeş, 53), Simeone (Pyatsa, 78), Keza.
Roma – Olsen, Florentsi, Fasio, Jyezus, Kolarov, Nzonzi, Pellegrini, Dzanolo (Kristante, 67), Under (Şik, 74), El-Şaaravi (Klyuyvert, 55), Djyeko.
Ogohlantirişlar: Nzonzi (28), Fasio (36), Biragi (67), Veretu (77), Pellegrini (87), Vitor Ugo (89).