Özbekistonda 800 ming kişi 1-toifa böyiça maoş oladi, bu 456 ming söm demakdir. 2019 yil 1 yanvardan Özbekistonda dastlabki 3 toifa böyiça byudjyet taşkilotlaridan oylik maoş oluvçilarning iş haqlari 5-15 foizga oşiriladi. Moliya vaziri örinbosari Dilşod Sultonov OAV vakillari bilan muloqotda şu haqda söz yuritdi.
“2019 yil 1 yanvaridan byudjyet taşkilotlarida 1-toifa böyiça (456 ming söm) maoş oluvçilarning iş haqi 15 foizga, 2-toifaga kiruvçilar (502 ming söm) iş haqi 10 foiz, 3-toifa böyiça (552 ming söm) maoş oluvçilarning oylik maoşlari 5 foizga oşiriladi. Byudjyet taşkilotlarida şu 3ta toifada maoş oluvçilar soni 370 ming kişini taşkil etadi”, - dedi vazir örinbosari.
Biroq, uning taassuf bildirişiça, Özbekiston iqtisodiyotida 1-toifa maoş oluvçilar soni 800 mingga yaqin. Ular orasida farroşlardan tortib, yirik restoranlarning boş oşpazlari, maşhur dökonlarning sotuvçilari, qöşma korxonalar direktorlari ham bor. “Qolganini konvertda beradimi, qanaqa qilib tölaşi özlariga ayon”, - dedi Sultonov.
“Töğri, tan olamiz, iş haqi yuklamasi juda yuqori bölgan. Soliqlar baland bölgan. Zör oşpaz, çet elga borsa 3 ming dollar iş haqi oladi, bu yerda 500 ming söm yoziladi. Şuning uçun, yangi yildan biznes iş haqlarini oşirişi kerak. Ular iş haqi bilan jarayonni legallaştirişini kutamiz”, - dedi Moliya vaziri örinbosari.












