Har yili 13-18 yoşli ösmirlar örtasida ötkaziladigan Breakthrough Junior Challenge tanlovining bu safargi ğolibi 16 yoşli Samey Godik böldi. U Bostonda tuğilgan, lekin keyinçalik oilasi bilan vatani Hindistonga qaytgan. 

Samey dunyoning istagan universitetida ta'lim oliş uçun 250 ming dollar miqdoridagi stipendiyani qölga kiritdi. Şuningdek, uning öqituvçisi ham 50 ming dollar miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Bundan taşqari, u ta'lim olgan maktab zamonaviy ilmiy laboratoriyani jihozlaş uçun 100 ming dollarga ega böladi. 

Sameyning tanlov videosi organizmning sutka davomida özgaruvçi sirkad ritmlariga bağişlangan. Godik oilasining ba'zi a'zolari Parkinson kasalligidan aziyat çekadi, şu sababli Samey sirkad ritmlari va davolaş samaradorligi örtasidagi özaro aloqaga qiziqadi. 

Breakthrough Junior Challenge tanlovi fundamental bilimlarga doir ijodiy fikrlaşni rağbatlantirişga yönaltirilgan. Ikki bosqiçdan keyin hakamlar hay'ati köp sonli iştirokçilar orasidan 29 nafar yarim finalçini tanlab oldi va oxir-oqibat Samey Godik ğalaba qozondi. 

Junior Challenge yoş olimlarning bilimlarini namoyiş qilişga yönaltirilgan global taşabbusdir. U keng jamoatçilik e'tiborini fundamental bilimlarga qaratişni maqsad qilgan.