Suriyaning BMTdagi doimiy vakili Başar Jafariyning aytişiça, AQŞ Guantanamodagi turmasidan terrorçilikda ayblangan mahbuslarni ozod qilib, ularning Suriyaga yetib olişida yordam körsatgan.
Jafariy BMT Xavfsizlik kengaşi yiğilişida şunday terrorçilardan biri haqida gapirib bergan. “Jixab Diyoz, şuningdek Abu al-Diyoz nomi bilan taniqli bölgan suriyalik terrorçi 2000 yilda Afğonistonga “Al-Qoida” safida harakat qiliş uçun jönagan. Pokiston xavfsizlik kuçlari uni boşqa terrorçilar bilan birga qölga olgan. Pokiston bu odamlarni AQŞ razvedkasiga topşirgan va ular Guantanamoga jönatilgan”, deb ta'kidlab ötgan Suriya vakili.
Jafariyning aytişiça, Suriyadagi ixtilof vaqtida “AQŞ Guantanamo turmasidagi köplab mahbuslarni ozod qilgan”. “Bu odamlar mening davlatimda taajjubli holda paydo bölgan. Ularga viza va pasport berilgan, Suriyaga yetib olişlari uçun katta sarf-xarajatlarni talab qilgan kömak körsatilgan.
Diplomatning aytişiça, xalqaro terrorçilar orasida Diyoz ham bölgan. “Ayni vaqtda terrorçi Turkiyada yaşaydi, u Turkiya va Suriya örtasida bemalol harakatlanadi, “an-Nusra” safida jang qiladi, sanksiyalar röyxatiga kiritilgan. Şunçaki bu yangilikni sizga yetkazmoqçiydim”, deb öz sözlarini yakunlagan Jafariy.









