Venesuela hukumati Angliya bankida saqlanuvçi 550 mln dollarlik oltin yombilarni sanksiyalar sababli bloklab qöyilişi mumkinligidan xavotirlanib, ortga qaytarmoqçi. Bu haqda ikki manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.    

Ma'lumotlarga köra, Venesuela hukumati 14 tonna oltinni qaytarmoqçi, Angliya banki esa Lotin Amerikasi davlati bu qimmatbaho metall bilan nima qilmoqçiligiga oydinlik kiritmoqçi. Ta'kidlanişiça, Karakasning talabi 2 oydan beri bajarilmayapti. Bu göyoki bunday katta miqdordagi oltinni taşişda suğurta oliş imkoni yöqligi bilan boğlangan.

AQŞ prezidenti Donald Tramp 1 noyabrda Venesuelaning oltin zaxiralari bilan operatsiyalarni bloklaşga qaratilgan sanksiyalar kiritdi. Oq uy tarqatgan bayonotga köra, AQŞ ma'muriyati Venesuela hukumatiga mamlakat boyligini özining korruptsion maqsadlarida talon-taroj qilişga yöl bermoqçi emas. 

Ta'kidlanişiça, 2018 yil oktabriga köra, Venesuelada 164,2 ming tonna oltin bor. 2015 yildan hozirgi kungaça Venesuela oltin zaxirasi deyarli 200 ming tonnaga kamayib ketgan.