Bugungi kunda dunyoda 5 nafar ayol - davlat rahbari, bu umumiy körsatkiçning 5 foizi demakdir. Jahonda bor-yöği 16 foiz ayol vazir faoliyat yuritadi. Köpinça ularga ijtimoiy sohalar, ayollar va bolalar muammolarini hal qiliş kabi vazifalar topşiriladi. KUN.UZ muxbiri BMTning Özbekistondagi vakolatxonasi boşliği Xelena Freyzerning “Mamlakatni demokratik yangilaş va modernizatsiya qilişda ayollarning roli: Özbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot” mavzusidagi xalqaro konferensiyada taqdim etgan ma'lumotlariga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

“Vazirlik va parlamentlardagi ayollar soni dunyoda örtaça 20 foizni taşkil qiladi. Bu hatto 1995 yilda Pekin platformasida belgilangan 30 foizlik maqsadli körsatkiçdan kamdir. Hozirgi suratlarda davom etadigan bölsa, 2025 yilga borib köp mamlakatlarda bu körsatkiçga erişilmaydi. Şunga qaramay, işonçimiz komilki, rahbar lavozimlarda ayollar rolining kengayişi barça mamlakatlar rivojlanişga ijobiy ta'sir körsatişi mumkin”, - deydi Freyzer xonim.

Jahon tajribasining körsatişiça, ayollarning davlat boşqaruvidagi örnining oşişi qonunçilikning gender omillarni hisobga olgan holda işlab çiqilişiga olib keladi. Ayollarning siyosatdagi iştiroki parlament debatlarida ayollar masalalari ham kötarilişiga zamin yaratadi. Şu tariqa ayollarning davlat boşqaruvidagi iştiroki ayollar manfaatlarining himoya qilinişiga hamda mamlakat iqtisodiyotida ayollar faoliyatini oşirişda katta imkoniyatlar oçilişiga turtki beradi.

“Davlat boşqaruvida ayollar rolining kengaytirilişi barqaror rivojlaniş sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oşirişda asosiy omil bölib xizmat qiladi. Zero Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018 yilning 20 oktabrida “2030 yilgaça bölgan davrda barqaror rivojlaniş sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 841-sonli qarorni qabul qildi. Hujjatning 5-maqsadi Özbekistonda gender tenglikni ta'minlaş va barça xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytiriş zarurligini közda tutadi”, - deydi Xelena Freyzer.

BMT vakili uşbu tadbir bu yönalişdagi aniq mexanizmlarni muhokama qiliş uçun munosib platforma bölib xizmat qilişiga umid bildirdi.

Ta'kidlaş joizki, “2030 yilgaça bölgan davrda barqaror rivojlaniş sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 841-sonli qaror quyidagilarni nazarda tutadi:

  1. Hamma joyda xotin-qizlarga nisbatan kamsitişning barça şakllariga barham beriş;
  1. Xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikning barça şakllarini, şu jumladan, odam savdosi, jinsiy ekspluatatsiya hamda ekspluatatsiyaning boşqa şakllarini tugatiş;
  1. Erta nikohlar va zörlab nikohlaşni tugatiş;
  1. Kommunal xizmatlar, infratuzilma va ijtimoiy himoya tizimlarini taqdim etiş orqali parvarişlaş va uy xöjaligini yuritiş böyiça haq tölanmaydigan mehnatni tan oliş va qadrlaş, milliy şaroitlarni hisobga olgan holda oilada xöjalik yuritiş uçun umumiy mas'uliyat tamoyilini rağbatlantiriş;
  1. Xotin-qizlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barça bosqiçlarida har tomonlama iştirok etişlarini hamda qaror qabul qilişda yetakçilik qilişlari uçun teng imkoniyatlarni ta'minlaş;
  1. Reproduktiv salomatlikni asraş sohasida umumqamrovli tibbiy-sanitariya yordami körsatiş uçun soğliqni saqlaş xizmatlaridan umumiy foydalanişni ta'minlaş;
  1. Xotin-qizlarni ularning huquq va manfaatlarini ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oşirişlarida qöllab-quvvatlaydigan dasturlarni kengaytiriş;
  1. Xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirişga kömaklaşiş maqsadida yuqori samarali texnologiyalar, xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faolroq foydalaniş;
  1. Gender tenglik tamoyillarini boşqaruvning turli bosqiçlarida davlat dasturlarini qabul qiliş jarayoniga töla singdiriş.