2019 yilda Moskva yöllarida 200ta kamera örnatiladi. Ular boşqarilmaydigan ötiş joylarida haydovçilarning piyodalarga yöl bermaganlik holatlarini qayd etadi. Bu haqda yöl harakatini taşkil etiş markazi matbuot xizmatiga tayanib Autonews.ru xabar berdi.

«Afsuski, köplab yöl-transport hodisalari piyodalarni zebra çiziqlarida ötkazib yubormaslik bilan boğliq. Piyodalar yöl harakatining eng kam himoyalangan iştirokçilari hisoblanişadi va transport hodisalarida hammadan köp aziyat çekişadi. Şu yilning özida 162 piyoda halok bölgan – bu 9 oy davomida sodir bölgan YTHlarda qurbon bölganlarning yarmini taşkil etadi», — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Yangi kameralar kelasi yil davomida örnatilişi rejalaştirilgan. Kameralar ijaraga olinadi. Şartnoma 5 yilga tuziladi va bu muddat davomida pudratçi kameralarning iş faoliyatini ta'minlab beradi. Ijara muddati nihoyasiga yetganidan söng kameralar şahar mulki hisobiga ötadi.