Payşanba kuni Yevropa Ligasida navbatdagi tur bölib ötgan bölsa, ertasiga milliy çempionatlar ham öyinlarni davom ettirişdi. Terma jamoalar bilan boğliq bu yildagi sönggi tanaffus oldidan bölib ötayotgan bu hafta öyinlarida ham bir qator e'tiborga molik uçraşuvlar yiğilib qolgan. Mançesterda derbi, Dortmundda yilning markaziy öyinlaridan biri, Vigoda esa, «Real» murabbiyi taqdirini hal qiladigan uçraşuv... Keling, bir boşdan.
BORUSSIYa DORTMUND – BAVARIYa (10 noyabr, 22:30)

Dortmundliklar Çempionlar Ligasida «Atletiko»ga yutqazib, mavsumdagi ilk mağlubiyatini qabul qilib oldi, ammo Bundesligada hammasi yaxşi, jamoa ön turdan buyon mağlubiyatga uçramay, «Bavariya»ni 4 oçkoga ortda qoldirmoqda. Demak sönggi yillarda ilk bor dortmundliklar öyinni favorit sifatida boşlaydi.
Gap faqat turnir jadvalida emas, «Bavariya» hozirda öyin borasida ham yetarliça muammolarga duç kelmoqda. Ötgan haftalarda jamoa yana ğalaba qozonişni boşlab, hammasi ortda qolgandek bölgandi, ammo sönggi turda «Frayburg» bilan Myunxendagi durang yana eski gaplarni qözğab yubordi. Kovaç va jamoa yetakçilari örtasida ziddiyat borligi, rahbariyat yoş murabbiyga sönggi imkoniyatni berayotganliklari haqidagi xabarlar yana paydo böla boşladi. Aksiga olib, klub rahbarlari yoki futbolçilar tomonidan Kovaçni töliq qöllab-quvvatlaşlari haqidagi bayonotlarning yöqligi vaziyatning qaltis ekanidan dalolat qiladi. Demak bu öyindagi mağlubiyat balki Niko Kovaçning iste'fosi bilan ham yakuniga yetişi mumkin.
Tarkiblarga kelsak, Aren Robben öyinga tayyor bölişga ulgurmadi va bugun uning maydonga tuşmasligi aniq. Şuningdek, Tiago Alkantara ham bir neça haftaga safdan çiqqan. Koman va Tolissoning jarohatlari esa, yanada jiddiyroq, ularni unutib ham yubordik. Mezbonlar safida esa, faqat Şmeltser safda emas. Ayniqsa, sönggi öyinlarda butun Yevropa tomonidan muhokama qilinayotgan Sançoning öyinini köriş qiziqarli bölsa kerak.
Yurgen Klopp davrida dortmundliklar «Bavariya» bilan har jabhada raqobat qilişgan bölsalar-da, oxirgi yillarda myunxenliklarning yaqqol ustunligi sezilib qoldi. Özaro öyinlarda ham, sönggi beş öyindan törttasida «Bavariya» ustun kelgan. Ayniqsa, şu yilning mart oyida Myunxenda bölgan uçraşuv «Borussiya»ga juda oğir botgani şubhasiz. Levandovski sobiq jamoasi darvozasiga het-trik qayd etgan uşbu öyinda mezbonlar 6:0 hisobida ğalaba qozongandi.
MANÇeSTeR SITI – MANÇeSTeR YuNAYTeD (11 noyabr, 21:30)

Aleks Fergyuson ketganidan beri, Mançesterning futbol markazi «şaharliklar» tomonga köçdi, deb bemalol aytiş mumkin. «Etihad» «Old Trafford»dan qörqinçliroq, bu yerda köproq gol urilmoqda, köproq sovrin yutilmoqda, umuman, şu ötgan beş mavsumning har birida «Siti» qöşnisidan yuqori örinda joylaşdi.
Ammo boşqa bir jihat bor. Hozirda «Mançester Siti» har tomonlama yuqoriroq darajada ekani aytilsa-da, töğri, masalan, «Old Trafford»dagi sönggi ikki öyin Gvardiola şogirdlari ğalabasi bilan tugadi, ammo «Etihad»da ötayotgan öyinlarda ustunlik kuzatilmayapti. Masalan, bu stadionda keçgan oxirgi uç öyinda mezbonlar ğalaba qozona olişmayapti. Lui van Gaalning sönggi mavsumida mehmonlar Reşfordning goli yordamida 1:0 hisobida ğalaba qozonişgandi, keyingi yili hisob oçilmadi. Şu yilning aprelida esa, Pogba va uning şeriklari ikkinçi bölimda kambek amalga oşirib, «Mançester Siti»ning çempionlik bayramini keyingi surib yuborgan edilar.
Darvoqe, kambeklar haqida. Bu «Yunayted»ning öziga xos fişkasiga aylanib bormoqda. Ötgan mavsum oxirlarida «Çelsi», «Kristal Pelas», «Tottenhem»ga qarşi öyinlarda buriliş yasagan Mourino şogirdlari sönggi beş öyinning uçtasida irodali ğalabaga erişdilar. «Çelsi» bilan öyinda ham faqat sönggi soniyalardagi gol londonliklarni mağlubiyatdan qutqardi. Bu «Mançester Yunayted»ning juda yomon boşlagan öyinlarda ham vaziyatni önglaşga qodirligini namoyiş qilmoqda. Bu borada haqiqiy sinov esa, aynan derbida bölib ötadi. Çunki Gvardiola jamoasi doim bir gol bilan kifoyalanamaydigan va vaziyatni ertaroq hal qilişga urinadigan jamoa.
Mezbonlar tarkibida Kevin de Bryuyne yana yöq. Ammo sönggi öyinlar jamoada bir yoki ikki futbolçining örni öyin sifatiga ta'sir etmasligini isbotlamoqda. Masalan, «Şaxtyor»ga qarşi öyinda Aguero ham maydonga tuşmadi, lekin bu ham Sterling, Jyezus, Sane, Silva, Mahrez kabi futbolçilarga 6 gol urişga xalaqit bermadi. «Mançester Yunayted» safida Errera, Fellayni kabi futbolçilarning safga qaytganliklarini kördik. Romelu Lukaku borasida Joze Mourino hujumçining maşğulotlarni boşlaganini, derbida maydonga tuşiş imkoniyati borligini aytdi. Ammo soğ holatda ham katta ehtimol bilan Lukaku zaxirada qolsa kerak, çunki Antoni Marsiyal sönggi öyinlarda juda yaxşi öynayapti. Mourino safardagi derbida ikki hujumçi bilan harakat qilişni istamasa kerak.

Ammo boşqa muammo ham çiqdi. Bugun «iblislar» yetakçisi Pol Pogba maşğulotlarda qatnaşmagani haqida xabarlar paydo böldi. Ma'lum bölişiça, fransiyalik yarimhimoyaçida kiçik jarohat bor. Şunday bölsa-da, murabbiylar uning ertangi öyinga tayyor bölişiga umid qilişmoqda.
Esingizda bölsa, Pogba ötgan yili «Mançester Siti» futbolçilaridan biri jarohat olib, jamoasiga yordam bera olmasa xursand bölişini aytgandi. Hozirgi kunlarda bunday tilaklarning qaytişiga qirq yil kerak bölmayapti. Darvoqe, ötgan mavsumda ham Pogba birinçi Mançester derbisida iştirok eta olmagandi. «Arsenal»ga qarşi öyinda olingan qizil kartoçka tufayli yarimhimoyaçi diskvalifikatsiyaga uçragandi.
MONAKO – PSJ (12 noyabrga ötar keçasi, 01:00)

«Monako»ning bugungi holatidan kelib çiqsak, «PSJ»ning ğalabasiga şubha qilmasa ham böladi. Lekin Fransiya çempionatidagi sönggi ikki mavsum çempionlari örtasidagi bahsni e'tibordan çetda qoldirgimiz kelmadi.
«Monako»ning holati haqiqatan ham yomon, hatto Terri Anri ham vaziyatni önglay olmayapti. Tarkib umuman olganda yomon emas, lekin qatorasiga 15 öyindan beri ğalaba qozona olmaslik rostan ham juda çuqur inqiroz yuzaga kelganini bildiradi. «Monako» oxirgi marta 11 avgust kuni safarda «Nant» ustidan 3:1 hisobida ğalaba qozongandi. Bu jamoa uçun ham oxirgisi, ham umuman uşbu mavsumdagi yagona ğalaba bölib turibdi.
«Monako»ning bu yomon natijalariga obektiv sabablardan biri, albatta, juda köp futbolçilarning jarohatlanganliklaridir. Traore, Golovin, Rajji, Subaşiç, Glik, Lopeş, Yşvetiç, Pellegri kabi futbolçilar bilan natijalar sal bölsayam yaxşiroq bölişi, heç bölmasa, «PSJ»ga munosib qarşilik körsata oliş uçun şaroit yaratişi mumkin edi.
«PSJ» esa, Fransiya çempionatida yöqotişsiz bormoqda. 12 öyinda 41 gol, atigi 7 marotaba darvozadan töp olib çiqilgan. Asosiy taqibçilar bilan örtadagi farq 10 oçkoga yetib ulgurdi. Tuxel jamoasi butun e'tiborini Çempionlar Ligasidagi öyinlarga qaratişi tabiiy, zero aynan öşa musobaqada «PSJ» muammolarga duç kelmoqda.
Özaro öyinlarda «PSJ» yaqqol ustun. Sönggi 18 öyindan atigi 2 marotaba «Monako» ustun kelgan xolos. Har ikkala ğalaba ham 2016 yilda qölga kiritilgan. Öşanda monakoliklar tarkibida harakat qilgan Mendi, Silva, Fabino, Bakoyoko, Moutino, Lemar kabi futbolçilar allaqaçon boşqa jamoalarga ötib ketib ulgurişdi. Jamoalar örtasidagi sönggi uç öyin parijliklarning yirik hisobidagi ğalabasi bilan tugagan.
MILAN – YuVeNTUS (12 noyabrga ötar keçasi, 00:30)

«Milan» oldingi yillardan farqli ravişda, barqarorlikka erişdi, deb aytiş mumkin. Çunki jamoa A Seriyada faqat «Napoli» va «Inter»dan mağlubiyatga uçradi. Örtamiyona jamoalarga qarşi öyinlarda yutqazmaslikni, öz oçkolarini qiyinçilik bilan bölsa-da, olişni örgandi. Bugungi jamoa futbolçi Gattuzoning özginasi, ozgina klass yetmasligi mumkin, lekin sönggi daqiqalargaça kuraşiş, motivatsiya, maydonda bor imkoniyatni işga soliş böyiça ularga e'tiroz bölişi mumkin emas. Aynan mana şunday irodali öyinlar oqibatida «Milan» hozirda Çempionlar Ligasi yöllanmasini beruvçi örinlarga çiqib oldi.
«Milan» top öyinlarni boy berayotgan bölsa-da, har doim yetarli qarşilik körsatayotganini ham ta'kidlaş kerak. «Napoli» bilan öyinda 2:0 hisobida oldinda ham borişgandi, Milan derbisida faqat sönggi daqiqadagi gol öyin taqdirini hal qildi. Işonç bilan «Milan»ning, ayniqsa, öz maydonida «Yuventus»ga keskin qarşilik qilişini taxmin qilsa böladi.
«Mançester Yunaytyod»ga qarşi öyinning sönggi daqiqalaridagi «sovuq duş» «Yuventus» uçun juda yaxşi saboq bölgani şubhasiz. Turinliklar uçun ham salbiy vaziyatdan tezroq çiqib ketiş uçun Milandagi öyin katta ahamiyat kasb etadi. Terma jamoalar bilan boğliq tanaffus ortidan ketma-ket ikki öyinni muvaffaqiyatsiz ötkaziş jamoaning ruhiy holatiga ta'sir qilişi turgan gap.
Tarkiblar borasida «Milan»ning holati ança yomon. Bonaventura, Çalxonöğli, Ştriniç, Kaldara, Bigliya, Musakkio kabi futbolçilar jamoaning asosiy öyinçilari hisoblanişardi. Bundan taşqari, Gonsalo Iguainning ham sobiq jamoasiga qarşi maydonga tuşişi söroq ostida qolmoqda. «Yuvsentus»da esa, sönggi öyinlarda maydonga tuşayotgan futbolçilarning hammasi tayyor, kutilmagan jarohatlar yöq.
«Milan» oxirgi marta «Yuventus» ustidan 2016 yilning oktabrida kiçik ğalabaga erişgan. Şundan keyingi barça beş öyin «Yuventus»ning ğalabasi bilan yakunlangan.
SeLTA – ReAL MADRID (12 nobyarga ötar keçasi, 00:45)

Bu uçraşuvning eng ahamiyatli jihati, balki bu öyin natijasi «Real»ni uşbu mavsum oxirigaça boşqaradigan boş murabbiy kim bölişiga oydinlik kiritişi kerak. Santyago Solari öziga berilgan imkoniyatdan yaxşi foydalanmoqda: 3 öyin, 3 ğalaba, töplar nisbati 11-0.
Bu öyinlardagi raqiblar u qadar kuçli bölmagani va sal qattiqroq qarşilik körsatgan «Valyadolid» bilan öyinda ğalaba qiyinçilik bilan qölga kiritilganini e'tirof etiş kerak. Lekin avvalgi raqiblar ham şu toifa edi va Lopetegi qöl ostidagi natijalar köngildagidek bölmagan. Şunisi aniqki, jamoa öyinini ijobiy özgarişlar közga taşlanmoqda va hatto Benzema, Beyl kabi futbolçilar Solarining mavsum oxirigaça jamoada qoliş kerakligi haqida matbuotda ham fikr bildirib ulgurişdi. Solariga topşirilgan 4 öyinning sönggisi «Selta»ga qarşi, uning maydonida bölib ötadi va aytiş mumkinki, eng qiyinroği ham şu.
Boşqa tarafdan, sönggi hafta birmunça sokin ötgani va Peresning biror bir maşhur nom bilan muzokaralari faol bosqiçga ötmaganidan, Solarining hozirça boş murabbiy etib rasman tayinlanişi haqiqatga yaqinga öxşab turibdi.

«Selta» mavsumni juda yaxşi boşlagandi. Hatto «Atletiko» ustidan işonçli ğalabaga erişib, turnir jadvali yuqorilaridan joy ham olgandi. Ammo keyinçalik vaziyat yomon tomonga özgardi, Antonio Muhammad şogirdlari sönggi 7 öyindan atigi bir marta ğalaba qozonişdi xolos. Şunday bölsa-da, vigoliklar öz maydonlarida xavfli raqib bölib qolaveradi. «Real»ga qarşi Vigoda bölib ötgan sönggi uç öyindan ikkitasida mezbonlar oçko olişning uddasidan çiqqanliklari bunga yorqin dalil böla oladi.
«Real» tarkibida Karvaxal, Marselo, Varan kabi himoyaçilar jamoaga yordam bera olmayapti. Ammo qiziği, aynan şunaqa muammoli paytda «Real» öz darvozasini daxlsiz saqlaşni boşladi va uç öyindan beri gol ötkazib yuborgani yöq. Mezbonlar tarkibida hujumçi Sisteda jarohat bor, lekin u sönggi öyinlarda şundoq ham asosiy tarkibga kira olmayotgandi.
BOŞQA ÖYINLAR
10 noyabr. «Kristal Pelas» – «TOTTeNHEM» (22:30), «ATLeTIKO» – «Atletik» (22:30), «Jyenoa» – «NAPOLI» (11 nobyarga ötar keçasi. 00:30),
11 noyabr. «Atalanta» – «INTeR» (16:30), «LIVeRPUL» – «Fulhem» (17:00), «ROMA» – «Sampdoriya» (19:00), «ÇeLSI» – «Everton» (19:15), «BARSeLONA» – «Betis» (20:15), «Zenit» – TsSKA (21:00), «ARSeNAL» – «Vulverhempton» (21:30).











