«Bavariya» peşqadamga qarşi, Milanda derbi, «MYu» va «Real» uçun jiddiy sinov
|23:27 / 15.09.202323 64414 min
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Kuçli beşlik çempionatlarida jami 6 jamoa yuz foizlik natija körsatib turibdi. Qiziği, ularning törttasi şu hafta özaro kuç sinaşadi. Bundesliga peşqadamlari örtasidagi bahs va Milan derbisi aynan şu jihati bilan e’tiborimizni qozonsa ajab emas. Demak, kamida ikki, balkim köproq jamoa uşbu dam oliş kunlarida ilk oçkosini yöqotadi. Kelasi haftadan yevrokuboklar ham start olişini inobatga olsak, oldimizda yana bir oylik futbol marafoni kutib turibdi.
BAVARIYa – BAYYeR (15 sentabr, 23:30)
An’anaviy tarzda haftaning şanba kunlari çiqadigan anonsimiz bir kun oldin taqdim qilinganining asosiy sababi şu uçraşuvdir. Ayniqsa, «Bayyer»ning uşbu mavsum körsatayotgan öyinlari köpçilikning e’tiboriga tuşgan bölsa ajab emas. Aslida Xabi Alonso jamoasi ötgan yili ham köpçilikning tiliga tuşgandi, ammo mavsum oxiriga kelib natijalar beqarorlaşdi va jamoa Çempionlar ligasi yöllanmasini qölga kirita olmadi. Köpçilik endi jamoa yetakçilarining ketişi bilan boğliq pasayiş röy beradi deb kutganida esa klub asosiy yetakçilarini saqlab qoliş bilan bir qatorda ança foydali xaridlarga qöl urdi. Granit Jaka va Yonas Xoffmanlar jamoa öyiniga tajriba va salobat olib kirgan bölişsa, Belgiyadan kelgan Viktor Oko Bonifase umuman Bundesliga kaşfiyoti bölib turibdi. Nigeriyalik 22 yoşli hujumçi 4 gol va 2 pas bilan umumiy körsatkiçlar böyiça liga peşqadami bölib turibdi. «Bayyer» esa umuman, 3 turdan söng eng köp gol (11) urgan va eng kam (2) ötkazib yuborgan jamoadir.
«Bavariya» bunday otilib çiqqan jamoalarni öz örniga tuşirib qöyiş böyiça mutaxassis, ammo bu işini odatda mavsum örtalari yoki oxirida amalga oşirar edi. Yaqinda superkubok bahsida myunxenliklar «Leypsig»ga yengilganini e’tiborga olsak, Tuxel şogirdlari hali töliq optimal formaga kirib olişgani yöq. Buning ustiga, kelasi hafta YeÇL doirasida «Mançester Yunayted»ga qarşi öyin kutib turganini ham unutmaslik kerak.
«Bayyer» bu stadionda ötgan mavsumda 0:4 hisobida yirik mağlubiyatga uçragan, ammo bahorda ötgan javob öyinida revaş olgandi – 2:1. Umuman leverkuzenliklarning «Bavariya» maydonida uç oçko qölga kiritişga muvaffaq bölganiga köp bölgani yöq. 2019 yilda mehmonlar Leon Beylining dubli evaziga 2:1 hisobida ğalabaga erişgan edi.
MANÇeSTeR YuNAYTeD – BRAYTON (16 sentabr, 19:00)
Milliy jamoalar bilan boğliq tanaffusda kim-kim «Mançester Yunayted» muxlislari umuman zerikişmadi. Avvaliga Antoni bilan boğliq mojaro – Braziliyada futbolçiga oçilgan jinoyat iş sababidan u avval milliy jamoasidan, keyin esa «MYu» maşğulotlaridan çetlatildi. Keyin Jyeydon Sançoning ten Hag bilan mojarosi – murabbiy futbolçini tanqid qildi, futbolçi ijtimoiy tarmoqlar orqali javob qildi va uzr söramoqçi emas. Natijada u ham vaqtinça umumiy guruhda şuğullanişdan çetda qoldi. Buyoqda Maguayrning navbatdagi avtogoli futbol jamoatçiligini qayta qözğatib yubordiki, hatto himoyaçining onasi ham bayonot berişga majbur böldi. Bularning hammasi Amad, Maynu, Maunt kabi öng qanotda öynaşi mumkin bölgan hamda Varan, Martines, Şou kabi markaziy himoyaçilar jarohati fonida röy berayotgani ten Hagga yana qöşimça boşoğriği yuklayotgani şubhasiz. Martines hamda jamoaga yangi qöşilgan Amrabatning «Brayton»ga qarşi tayyor böliş ehtimoli aytilayotgan bölsa-da, yuqori sport formasida bölmasliklari tabiiy. Buning ustiga Amrabat hali töliq tarkib bilan birorta maşğulot ötkazib ulgurgani yöq.
Mavzuga oid
Ijobiy xabarlardan, nihoyat Rasmus Hoylund «Old Trafford»da tölaqonli debyut qiladi. Hujumçi «Arsenal» bilan öyinda öziga berilgan oz daqiqalarda işonçli töp surganini ta’kidlaş kerak. Şuningdek, Serxio Regilon ham katta ehtimol bilan çap qanotda paydo bölişi kutilmoqda. Mehmonlar safida esa tizzadan jarohat tufayli Ensiso şeriklariga yordam bera olmasligidan taşqari, ötgan turda xet-trikka erişgan Evan Fergyusonning iştirok etişi söroq ostida turibdi.
Umuman olganda, uşbu uçraşuvning ayniqsa, taktik jihatdan qiziq tomoni bor – har ikki jamoa ham yuqori pressing böyiça liganing eng kuçli jamoalari hisoblanadi. «Brayton» bu xususiyat bilan ançadan beri maqtana olsa, «MYu» ten Hag qöl ostida özgaryapti – 4 turdan keyin raqib maydonida töpni olib qöyiş körsatkiçi böyiça yetakçilik qilmoqda. Bundan taşqari, har ikki klub ham yuqori pressingga qarşi bild-ap böyiça e’tiborga arziydi – «Brayton» umuman bu körsatkiç böyiça hatto Gvardiolaning havas qilişiga sabab bölgan, «Yunayted» esa darvozaga Andre Onana kelgaç, şu yönalişda ança odimladi.
Yana bir fakt, «Mançester Yunayted» APL doirasida uç öyindan beri «Brayton»ga yutqazyapti. Ötgan yili Angliya kubogi yarimfinalida ham jamoalar duç kelişgan, ammo hisob oçilmagandi. Erik ten Hag «MYu» boşqaruviga kelgaç, qarşi maydonga tuşgan barça jamoa ustidan ğalaba qozonişga muvaffaq bölgan. APLda yenga olmagan «Nyukasl» Liga kubogi finalida mağlub etilgan. Birgina «Brayton» hamon ten Hag uçun çaqilmas yonğoq bölib qolmoqda.
INTeR – MILAN (16 sentabr, 21:00)
«Napoli» ajoyib mavsumdan keyin, buning ustiga yangi murabbiy qöl ostida biroz pasayişi kutilmoqda, «Yuventus» ham barça muammolarini yeçib ulgurgani yöq. Bu şaroitda Milan jamoalari yana çempionlik poygasida favoritga aylanib olişlari köpçilik tomonidan taxmin qilinmoqda. Ularning mavsum boşida, hali birorta oçko yöqotmay turib töqnaş kelişlari derbining yanayam murosasiz keçişiga sabab bölsa ajab emas.
«Inter» kuçli beşlikda hali töp ham ötkazib yubormagan yagona jamoa bölib turibdi. Lekin kök-qoralarning raqiblari biroz yengilroq bölganini inobatga olsak, «Milan»ning natijalari ança salmoqlidek tuyuladi. Tarkibga yangi qöşilgan Pulişiç, Loftus-Çik kabi futbolçilar öyindagi asosiy figuralarga aylanib borayotganliklari ham ijobiy jihat. Pioli şogirdlari «Bolonya» va «Roma» kabi jamoalarni safarda yenga olgani jamoa salohiyatidan darak berib turibdi. Ayniqsa, 60-daqiqadan bir kişi kam bölib qolgan milanliklar ğalabani uşlab qolişning uddasidan çiqqani diqqatga sazovor. Darvoqe, öşa öyinda yetakçi markaziy himoyaçi Fikayo Tomori maydondan çetlatilgan. Uning diskvalifikatsiya tufayli derbini ötkazib yuborişi rasmiy mehmonlarga yetarliça muammo tuğdirişi mumkin.
Öyin YeÇL birinçi tur öyinlari oldidan bölayotgani ham murabbiylarga bor e’tiborni jalb qiliş uçun xalaqit bersa kerak. Zero har ikki klub ham biroz murakkabroq guruhga tuşib qolişdi va kelasi hafta 1-tur bölsa-da, köp narsani hal qiluvçi bahsda qatnaşişadi. «Inter» Sosedadga safar qilsa, «Milan» umuman «ölim guruhi» a’zolaridan biriga aylandi va öşa kuni «San-Siro»da «Nyukasl»ni qabul qiladi.
Özaro öyinlarga kelsak, ötgan mavsumda YeÇL yarimfinalini ham qöşganda, jamoalar tört marotaba töqnaş kelişdi. «Inter» törttala öyinda ham ğalaba qozondi va yana bir e’tiborli jihati, bu öyinlarda «Milan» biror marta gol ham ura olmagan edi.
BARSeLONA – BeTIS (16 sentabr, 23:55)
Ötgan mavsumda uzoq vaqt yetakçilar safida bölgan va hatto YeÇL yöllanmasi uçun ham da’vogar bölgan «Betis» balkim La Ligadagi eng oğir taqvimga duç kelganini aytiş mumkin. Andaluslar mavsumni «Vilyarreal» maydonida boşlaşdi, keyin «Atletiko»ni qabul qilişdi, «Atletik»ka safar bilan uçinçi tur davom etdi. Ötgan turda «Rayo Valekano»ga qarşi uy öyinida 1:0 hisobida ğalaba qayd etildi. Umuman Bilbaoda 2:0 hisobida yutayotib, ğalaba qöldan çiqarilganini aytmasa, «Betis» ança munosib bormoqda. «Barselona» esa yaqin davrdagi sönggi qiyin raqib va «Betis»ning oğir sinov davri nihoyasiga yetadi.
«Barselona»ning ham öyin borasida öziga yaraşa muammolari bor. Ğalabalar u qadar osonlik bilan qölga kiritilmayotganidan ham buni payqaş qiyin emas. Ammo öyindan öyinga köp körsatkiçlar yaxşilanib borayotgani, şuningdek, yangi kelib qöşilgan portugaliyalik yulduzlar Kanselu va Feliş nihoyat bu turdan asosiy tarkibda tuşa boşlaşini inobatga olsak, jamoa yanada kuçliroq bölişi lozim. Ammo yöqotiş ham bor – Ilkay Gundöğan milliy jamoasi bilan birga Fransiyaga qarşi örtoqlik öyinida maydonga tuşib, 25-daqiqasida jarohat tufayli almaştirilgandi. Jarohatning qançalik jiddiy ekani ma’lum emas va futbolçining öyinni ötkazib yuboriş ehtimoli yuqori. Şuningdek, Pedrining ham kamida bir oydan söng töliq tiklanişi ma’lum böldi.
«Barselona» öz maydonidagi sönggi 4 öyindan uçtasida «Betis»ni yirik hisobda yenggan. Qiziği, bu öyinlarning ikkitasi bir xil 5:2 hisobida yakunlangandi. Ammo 2021 yil oxiridagi öyinda Ximenesning 79-daqiqada urgan yagona goli evaziga mehmonlar 1:0 hisobida ğalaba qozongandi.
Uşbu bahsdagi yana bir e’tiborga molik intriga Abdusamad Ezalzulining Barselonaga qaytişi va «Betis»dagi ilk öyinini sobiq jamoasiga qarşi ötkazişi mumkinligidir. Xavi yoş futbolçini öz tarkibida saqlab qolişga har qança harakat qilmasin, Abde köproq vaqt maydonga tuşişni tanladi va andaluslarning taklifini qabul qildi.
ReAL MADRID – ReAL SOSeDAD (17 sentabr, 23:55)
Bu safar «Real» nihoyat jiddiy raqibga duç keladi. Madridliklar tört öyindan yuz foizlik natija körsatib turgan bölişsa-da, birinçidan, raqiblar, birinçi turni e’tiborga olmaganda, u qadar jiddiy emasdi. Ikkinçidan, uşbu ğalabalar ham ança qiyinçiliklar bilan, sönggi ikkitasi oxirgi daqiqalarda, buning ustiga, aksariyat hollarda birgina futbolçining muvaffaqiyatli debyuti hisobiga qölga kiritilganini ham unutmaslik kerak. Ha, Bellinghem Ronaldudan keyin Madriddagi eng yaxşi debyutni ötkazmoqda, lekin angliyalik futbolçi amplua jihatidan hujumçi emasligini ham yodga olsak, doim qutqarmasligi mumkin. Zero tur ötgan sayin raqiblar Bellinghemga köproq e’tibor qaratişga urinişlari ham tabiiy.
«Real Sosedad» anoyi jamoa emas, bu mavsumda Çempionlar Ligasida qatnaşadi. Umuman La Ligada tört turdan keyin hali mağlubiyat nimaligini bilmagan tört jamoadan biri bölib turibdi. Ammo şunday bölsa-da, «Sosedad» ança qiyin raqibligi, ayniqsa himoyada ança işonçli öyini orqali ötgan mavsumda ham ijobiy taassurot qoldirgan. Xususan «Real»ga qarşi öyinlar bunga yaqqol isbot – Madriddagi öyinda hisob oçilmagan bölsa, Baskoniyada ötgan bahsda mezbonlar 2:0 hisobida işonçli ğalabaga erişgan. Umuman aynan Madriddagi öyinlarni özini olganda ham «Sosedad» munosib qarşilik qila olganligi e’tirofga loyiq. Sönggi 6 öyinda ikki marta durang qayd etilgan va tomonlar 2 martadan ğolibga aylangan. Agar «Real» ham qaçondir ilk oçkosini yöqotadigan bölsa, «Sosedad» bu ssenariy uçun ideal nomzod deb bemalol ayta olamiz.
Jarohatlar borasida «Real»ning asosiy futbolçilari bölmiş Militao va Kurtuani umuman mavsum uçun sanoqdan çiqarib tursak böladi. Vinisius tiklaniş jarayonida ammo uning ham safga qaytişi biroz vaqt oladi. Şuningdek, safga yangi qöşilgan Arda Guler ham bir oylarda maydonga qaytib qolsa kerak. «Sosedad» tarkibida esa faqat Sodiq Umar jismoniy çarçoq tufayli şeriklariga yordam bera olmaydi.