Mançester va Milanda derbi, Konte uçun dastlabki jiddiy sinov, «Liverpul» Moyyes jamoasiga qarşi. Hafta öyinlari anonsi
|22:15 / 06.11.202113 64116 min
Kelasi haftada klublar futboli joriy yildagi sönggi tanaffusiga çiqadi. Milliy jamoalar JÇ saralaşi va örtoqlik öyinlarida öz kuçlarini sinab köradi. Ammo bu hafta ham bizni ança şiddatli bahslar kutib turibdi. Mançester va Milanda derbi, Liverpulda Antonio Kontening debyuti, «Barselona» esa Xavining tayinlanişi rasman e'lon qilganidan söng ilk öyinida maydonga tuşadi. Şuningdek, Germaniyada ham qizğin öyinlar bor.
Navbatdagi derbiga har ikki Mançester klublari öziga yaraşa bosim bilan yetib kelmoqdalar. «Yunayted»dagi bosim deyarli murabbiy iste'fosi darajasida – Sulşerga uç öyinga imkoniyat berişgandi. Safardagi ikki oğir uçraşuvda «qizillar” mağlubiyatga uçramagan bölsalar-da, Bergamodagi öyin jamoa atrofidagi salbiy fikrlarni yangilab yubordi. Sönggi daqiqalarda mağlubiyatdan qutulib qolgan Sulşer jamoasi buning ustiga Rafael Varanni 3-4 haftaga yöqotdi. Vaziyatni uç markaziy himoyaçi bilan önglaşga urinayotgan murabbiyda Varandan taşqari, Lindelyofning ham holati hali aniq emas. Norvegiyalik mutaxassis derbida qaysi jamoa birinçi raqamda öynab, taşabbusga ega bölsa, imkoniyat kattaroq bölişi haqida aytdi. Rostdan ham, himoyadagi bu yöqotişlar «Yunayted»ga boşqa imkoniyat qoldirmayapti. Töqson daqiqa himoyalanib «Siti»dan gol ötkazmaslik uçun jamoa juda yaxşi formada bölişi kerak.
Foto: Getty Images
Pep Gvardiola şogirdlarida ham bosim katta. Çempionlik uçun asosiy da'vogar sifatida tilga olinayotgan «Mançester Siti» kutilmaganda öz maydonida «Kristal Pelas»ga imkoniyati boy berib qöydi va «Çelsi»dan 5 oçkoga ortda qolmoqda. Bu hafta «Byornlini qabul qiladigan «Çelsi» agar «Siti» ğalaba qozona olmasa, örtadagi farqni yanada oşirişi mumkin. Bunday şartlarda kuraşiş esa, albatta oson bölmaydi. Bu jihatdan «Siti» nima qilib bölsa ham, ğalaba haqida öylaydi. Taxmin qiliş mumkinki, ötgan yildagi kabi, har ikki jamoa rozi böladigan nursiz durang bölmaydi.
«Yunayted» safida Varandan taşqari Pol Pogba ham jamoaga yordam bera olmaydi. U «Liverpul»ga qarşi öyindagi qizil kartoçkasi tufayli uç öyinga diskvalifikatsiya qilingan. Bunday futbolçi mehmonlar safida ham bor. Emerik Lyaport yuqorida eslangan ötgan tur öyinida maydondan çetlatilgandi.
Özaro öyinlarga kelsak, qiziği, Sulşer Pepga nisbatan ijobiy statistikaga ega. Ötgan 8 duelning 4 tasida norvegiyalik mutaxassisning qöli baland kelgan. Pep hisobida 3 ğalaba bor, lekin ulardan 2 tasida Angliya Liga kubogiga töğri keladi.
Mavzuga oid
Ya'ni «Mançester Yunayted» Sulşer boşqaruvga kelganidan söng, faqat ilk APL derbisida imkoniyatni boy bergan xolos. Uç öyindan beri esa, «Siti» umuman gol urişning uddasidan çiqa olmayapti.
BAVARIYa – FRAYBURG (6 noyabr, 19:30)
«Bavariya»ning Bundesligadagi biror öyinida şiddatli kuraşni taxmin qiliş muşkul. Masalan, oxirgi marta «Bayyer»ga qarşi öyinga töxtalgandik va «Bavariya» raqibini 5:1 hisobida çilparçin qilib taşladi.
Ammo aynan «Frayburg»ni «Bavariya» imtihonida kuzatiş çindanam qiziq böladi. Jamoa Bundesligada mağlubiyat nimaligini bilmagan yagona jamoa hisoblanadi. Umuman uşbu mavsumda nafaqat Bundesliga, şuningdek, Germaniya kubogi va hatto örtoqlik öyinlarini ham qöşganda, Kristian Ştrayx şogirdlari 15 öyinda biror marta ham yutqazmadilar. «Frayburg» «Leypsig» bilan durang öynadi, «Volfsburg» va «Borussiya» ustidan ğalaba qozondi. Çempionlar Ligasiga iştirokçilariga qarşi bu ijobiy natijalar albatta, Myunxendagi öyinda ham işonç bağişlaşidan umidimiz bor.
Foto: Getty Images
Özaro öyinlarda «Frayburg»ning natijalari yaxşi emas – oxirgi 20 öyinda atigi bir ğalaba xolos. Ammo ötgan mavsumdagi sönggi uçraşuv 2:2 hisobida jangovar durang bilan yakunlanganini ham e'tirof etiş lozim. «Frayburg»ga yordam berişi mumkin bölgan yana bir jihat şuki, myunxenliklar hafta örtasida Çempionlar Ligasida «Benfika»ga qarşi maydonga tuşdilar. «Frayburg» esa, uşbu uçraşuvga tayyorlaniş uçun bir hafta vaqtga ega böldi.
LeYPsIG – BORUSSIYa DORTMUND (6 noyabr, 22:30)
Har ikki jamoa u qadar yomon formada bölişmasa-da, Çempionlar Ligasida tarsaki qabul qilişdi va oğir holatga tuşib qolişdi. «Leypsig» ikki öyinda ham «PSJ» ustidan qozonilayotgan ğalabani uşlab qola olmadi va rasman turnirning pley-offidan umidini uzdi. «Borussiya» esa, ikki öyinda «Ayaks»dan mağlubiyatga uçrab, yaxşi holatini qiyinlaştirib qöydi. Endi yöllanma taqdiri «Sporting»ga qarşi safar öyinida hal qilinişi mumkin.
Foto: Getty Images
«Borussiya»ning Bundesligadagi işlari yomon emas, axir «Bavariya»ni bir oçkolik masofada ta'qib qilib boriş oson iş emas, töğrimi? Ammo Holandning jarohati yana kamida bir oy dortmundliklarga muammo tuğdirişi mumkin. Nafaqat Holand, hozirda jamoada deyarli bir butun tarkib lazaretdan örin olgan. Gerreyru, Şuls, Morey, Volf, Şmelser, Dahud, Reyna, Jan – ha, hammasi ham asosiy tarkib öyinçilari emas, lekin bir neça turnirlar, milliy jamoalar yiğinlari turganda, murabbiy uçun imkon qadar köproq futbolçilar tayyor holatda bölişlari juda muhim.
«Leypsig»ning pasayişi kutilgan edi, zero Nagelsmanning ketişi jamoa öyinida vaqtinçalik muammolarni paydo qilişi turgan gap. Ammo jamoa öyinida, futbolçilarning harakatlarida u qadar özgariş yöqdek, «Leypsig» xuddi ötgan yildagi kabi yuqori saviyali futbol körsatişda davom etmoqda. Asosiy muammo esa, vaziyatlardan foydalaniş va kerak bölganda kerakli hisobni saqlab qolişdagi öquvsizlikda körinmoqda. «Leypsig» YeÇL dagi 4 öyinning 3 tasida hisobda oldinda borayotgandi va bu şunçaki, kutilmagan gollar hisobiga emas, aynan raqibdan ustunlik evaziga sodir bölayotgandi. Lekin yakunda atigi 1 oçko bilan sönggi örinni egallab turibdi. Bundesligada ham bunday öyinlar talaygina. Ötgan hafta «Ayntraxt»ga qarşi öyinda ğalaba 90-daqiqada qöldan çiqarildi. Undan oldingi safar öyinida ham durang qayd etilgan va öşanda «Frayburg» hisobni tenglaştirgandi. Xulosa qilganda, «Leypsig» öyinida qandaydir yengillik kuzatilmoqda va maydonda körsatilayotgan öyin kerakli natijaga mos kelmayapti.
Özaro öyinlarda «Borussiya» yaqqol ustunlikka ega. «Leypsig» Bundesligaga çiqqan dastlabki yillari raqibi ustidan ğalaba qozongan, şundan söng, 8 öyindan beri ğalaba nimaligini bilmayapti. Oxirgi tört uçraşuv ham dortmundliklarning ğalabasi bilan yakunlangan.
EVeRTON – TOTTeNHEM (7 noyabr, 19:00)
Antonio Konte Angliyaga qaytdi, «Tottenhem»da iş boşlab, Konferensiyalar ligasida ğalaba qozonib ham ulgurdi. Ammo uning haqiqiy debyutini yakşanba oqşomida tomoşa qilişimiz mumkin. «Everton»ga qarşi öyinda.
«Everton» sönggi paytlarda yomon natijalar körsatayotgan bölsa-da, xavfli raqib. Mavsum boşida Kalvert-Lyuin, Rişarlison kabi yetakçilarsiz harakat qilsa-da, ularsiz ham öynaşni örganib oldi, hatto «Old Trafford»da oçkolik böldi. Lekin Abdulay Dukuresiz öynaş yanayam qiyinroq ekan. Fransiyalik yarimhimoyaçi jarohatlangaç, «Uotford» va «Vulverhempton»ga qarşi öyinlarda mağlubiyat qayd etildi. «Vest Hem»ga qarşi öyinni ham qöşsak, Benites şogirdlari qatorasiga uç öyindan beri yutqazmoqdalar. Bunday holatda, albatta, ayniqsa, öz maydonida «Everton yaxşi qarşilik körsata oladi. Ötgan mavsumni eslasak ham, «Everton» «Tottenhem»ga qarşi öyinlarni işonçli ötkazgan – Liverpulda durang va safarda ğalaba. Bundan taşqari, Angliya kubogi öyinida ham 5:4 hisobida «Everton»ning qöli baland kelgandi.
Bundan taşqari, «Tottenhem» payşanba oqşomida yevrokubok öyinida «Vitess»ga qarşi maydonga tuşganini ham e'tiborga oliş kerak. Konte ilk öyini bölgani uçun rotatsiya qilib ötirmadi va asosiy tarkibni sinab kördi. Katta ehtimol bilan xuddi şu futbolçilar «Evertonga qarşi ham harakat qiladilar.
Köp obektiv faktorlar «Everton»ning ustunligini dalolat qilsa-da, yangi murabbiy Antonio Konte omili ham kattaroq toş boşsa kerak va bu öyinda biz oldingilarga öxşamagan mutlaqo boşqa «Tottenhem»ni körişimiz mumkin.
VeST HEM –LIVeRPUL (7 noyabr, 21:30)
Yurgen Klopp «Liverpul» murabbiyi etib tayinlangaç, «Vest Hem»ga qarşi ilk uçraşuvini 0:2 hisobida boy bergan. Bir oy ötib jamoalar «Enfil»dda Angliya kubogida töqnaş kelib, hisob oçilmagan. Takroriy öyinda esa, yana «Vest Hem»ning qöli baland kelgan. Keyingi mavsumda ham ilk öyinda «Liverpul» öz maydonida londonliklar qarşiligini sindira olmadi va 2:2 hisobida durang qayd etildi. Nihoyat beşinçi öyinga kelib, Klopp uşbu murosasiz jamoaning darvozasiga yöl topdi va şogirdlari 4:0 hisobida safarda ustun keldilar. Şu-şu «Liveppul» uçun «Vest Hem» juda qulay raqibga aylanib qoldi va keyingi 8 öyindan 7 tasida ham Klopp jamoasi ğalaba qozondi. Bir durang.
Ammo bu safar oson bölmasligi tayin. Zero Moyyes jamoasi ötgan yilgi grafikda oçko olişda davom etib, hozirda kuçli törtlikda boryapti. Bu öyindagi ğalaba «Vest Hem»ga «Liverpul»ni quvib ötişni ta'minlaydi hatto. Lekin tan oliş kerak – «Liverpul»hozirda nafaqat Angliyada, balki Yevropada eng yaxşi jamoalardan biri bölib turibdi va 25 öyindan beri barça musobaqalarda mağlubiyat nimaligini bilmayapti. Buning ustiga «Vest Hem» ham kuni keça, safarda Yevropa Ligasi doirasidagi «Genk»ka qarşi maydonga tuşdi. Uşbu öyinda Antonio ham, Rays ham, Kressuel ham, umuman bir qator asosiy tarkib öyinçilari harakat qildilar.
Bir neça turnirlarda qatnaşiş, tabiiyki, «Liverpul»ga köproq zarar keltirmoqda va bir qator jarohatlangan futbolçilarga ega. Uzoq muddatga safdan çiqqan Elliotdan taşqari, Firmino, Milner, Keyta, Jons, Gomes kabi futbolçilarning maydonga qaytiş muddatlari eng yaqin holatda terma jamoalar bilan boğliq tanaffusdan söng röy beradi. Mezbonlar safida esa, Yarmolenko va Vlaşiçning şeriklariga yordam berişi söroq ostida, lekin har ikkisining jarohati oğir emas, hatto şu öyinda ham tayyor böliş ehtimoli bor.
NAPOLI – VeRONA (7 noyabr, 22:00)
«Napoli» nafaqat A Seriya, balki Yevropada ham eng yaxşi performans namoyiş etayotgan jamoadir. 11 öyinda atigi 1 durang va atigi uç marotaba öz darvozasidan töp olib çiqqan. Çempionatda beş öyindan beri gol ötkazib yubormayapti. Ammo bir neçta sabablar «Napoli»ning bu yurişi oxirlab borayotganidan dalolat qiladi.
Birinçidan, jarohatlar. Oldingi çiziq vakillari Osimhen va Insine bir neça haftaga safdan çiqqanlar. Markaziy himoyada Manolasning jarohati ham katta muammo edi, buning ustiga «Salernitana»ga qarşi öyinda Kulibali maydondan çetlatildi va navbatdagi turda diskvalifikatsiyaga ega. Peşqadam uçun bir neçta futbolçining yöqotilişi katta muammo tuğdirmasligi kerakdir, ammo bu safargi raqib ham anoyi emas, «Napoli»dan kam bölmagan seriyada kelmoqda.
«Verona» mavsumni qatorasiga uç mağlubiyat bilan boşladi va murabbiyini iste'foga çiqardi. Jamoaga Igor Tudor kelgaç, natijalar sezilarli darajada yaxşilandi – keyingi 8 öyinda 4 ğalaba va 3 durang. Faqat «Milan»ga qarşi öyinda imkoniyat boy berildi. Ğalabalar ham «Latsio», «Yuventus» va «Roma» kabi yetakçilar ustidan qölga kiritilganini ham unutmaslik kerak. Jovanni Simeone esa, oxirgi uç öyinda 6 gol urişga muvaffaq böldi.
Bu vaziyatda «Napoli» hafta örtasida Yevropa Ligasida «Legiya»ga safar qilganini, ya'ni bu öyinga tayyorlaniş uçun atigi 2 kunga ega bölganini ham e'tiborga olsak, «Verona» ança muammo tuğdirişini taxmin qilsak böladi. Yaxşiyamki, bu turda asosiy raqobatçi bölmiş «Milan»ga ham qiyin raqib tayyorlab qöyilgan.
MILAN – INTeR (8 noyabrga ötar keçasi, 01:00)
«Milan» şahar derbisida azaliy raqibiga qarşi maydonga tuşadi. Pioli şogirdlari Çempionlar Ligasida işonçsiz harakat qilayotgan bölsalar-da, Italiyada, hatto katta öyinlarda ham ança işonçli harakat qilmoqdalar. «Yuventus» bilan durang, «Roma» ustidan qozonilgan ğalabalar ham şular jumlasidandir. Ya'ni «Milan»ning bu öyinda ham favorit sifatida maydonga tuşişi tuşunarli.
Aslida bu öyinga «Inter» nazaridan qaraş qiziqroq. Peşqadamlardan 7 oçko ortda qolib ketgan, şu bilan birga 4-örindan 5 oçko oldinga ötib olgan «Inter» keyingi ikki turni «Milan» va «Napoli»ga qarşi ötkazadi. Aynan mana şu öyinlarda «Inter»ning uşbu mavsumdagi örni haqida savolga oydinlik kiritiladi – xöş, çempion bu öyinlardan foydalanib peşqadamlarga yaqinlaşib olib, poygaga qöşiladimi yoki oçkolar yöqotib, kuçli törtlik uçun qizğin kuraş qozoniga tuşib ketadimi?
«Roma»ga qarşi ğalabali öyinda Teo Ernandes ikkinçi sariq kartoçka uçun maydondan çetlatilgandi va u diskvalifikatsiya tufayli, şeriklariga yordam bera olmaydi. Rebiç va Kastilexoning qaytişi şu kunlarga möljallangan edi, ammo töliq formaga qaytiş vaqt talab qiladi va bu öyinlar ularning tayyor bölişi imkonsiz. «Inter» safida esa, yöqotişlar yöq.
Şu örinda oxirgi 7 Milan derbisining 6 tasida «Inter»ning qöli baland kelganini ta'kidlaş joiz. Ötgan mavsumdagi sönggi töqnaşuvda «kök-qoralar» 3:0 hisobida yirik ğalabaga erişgandilar.