ReAL – VILYaRReAL (5 oktyabr, 23:55)

Umuman olganda özaro uçraşuvlarda «Real»da yaqqol ustunlik bölsa-da, sönggi yillarni oladigan bölsak, taxmin qiliş mumkin bölgan natijalarni köramiz. Bu ikki jamoa örtasidagi oxirgi 14 uçraşuvning atigi 5 tasida «Real» ğalaba qozongan xolos, bu hatto «El Klasiko»dagi körsatkiçlardan ham kam.  Madriddagi öyinlarni özida ham masalan, sönggi tört öyindan bittasida durang qayd etilgan bölsa, bir uçraşuv mehmonlar ğalabasi bilan yakunlangan. Agar bunga «Vilyarreal» mavsumni barqaror boşlab, «Real»dan atigi bir oçko kam jamğargan holda uçinçi örinni egallab turganidan kelib çiqsak, mezbonlarga bu safar ham oson bölmasligi şubhasiz. «Vilyarreal» La Ligada vaziyat yaratiş böyiça ham kuçli uçlikdan joy olgan, ya’ni ança hujumkor va dadil jamoa – odatda, bu yilgi «Real» aynan şunday raqiblarga qarşi qiyinçiliklarga duç kelayotganini ta’kidlaş lozim.

Garsiya şogirdlari bu mavsum safardagi 4 öyinning uçtasida bir xil 2:1 hisobida ustun kelişdi. Bir öyin durang bilan yakunlandi. Umuman jamoa faqat «Barselona»ga öz maydonida yutqazdi xolos. «Real» esa uy öyinlarini işonçliroq ötkazmoqda – tört öyinda tört ğalaba. Demak bugun qaysidir seriya tugaşi aniq – yo «Real» ilk marta öz maydonida oçko yöqotadi yoki «Vilyarreal» safarda ilk mağlubiyatini totib köradi.

Tarkiblarga kelsak, Kilian Mbappe muddatidan avval safga qaytdi va bugun ilk marotaba asosiy tarkibda harakat qilişi mumkin. «Lill»ga qarşi Çempionlar Ligasida u ikkinçi taymda zaxiradan maydonga tuşirilgandi. Darvoqe, yevrokuboklar sababli «Real» raqibiga qaraganda kamroq dam olişga majbur bölgani ham uşbu uçraşuvga öz ta’sirini körsatişi mumkin. Mezbonlarda şuningdek, Kurtua va Dias yöq, David Alaba esa maşğulotlarga qaytgani aytilmoqda, ammo asosiy tarkibga qay darajada tayyor ekani ma’lum emas. Jarohatlar borasida mehmonlarning holati ançagina yomon – Pedrasa, Suares, Foyt, Moreno, Pereslar har xolda asosiy tarkib futbolçilari sanalişadi.

ASTON VILLA – MANÇeSTeR YuNAYTeD (6 oktyabr, 18:00)

Hali oktyabr boşlanmadi hamki, Erik ten Hag boşi uzra qora bulutlar yana paydo böldi – xuddi ötgan mavsumdagi holatni yodga soladi. Albatta, ötgan mavsumda muammolar köproq bölgani va jamoa jarohatlar girdobiga ilk bor tuşayotgani uçun murabbiyga işonç katta bölgan. Ammo hozir, jarohatlar deyarli yöqligi, faol yozgi transferlardan söng ham vaziyatning önglanmasligi bosimni kundan kunga orttirmoqda. Ba’zi manbalarda «Portu» va «Aston Villa»ga qarşi öyinlar yakuniy qaror çiqariş uçun sinov muddati ekani haqida köp yozilgan bölsa-da, haqiqatdan yiroq bölişi mumkin. Ammo har qanday holatda ham bu öyin ten Hagga bölgan munosabat uçun ança ahamiyatli. «MYu» Portugaliyada yana tuşunarsiz böldi – ikki töp bilan ustunlikni boy beriş, sönggi daqiqalarda mağlubiyatdan qutulib qoliş, Fernandeşning navbatdagi qizil kartoçkasi, xullas, hammasi Birminghemdagi öyinda körinişi kerak.