2022 yilning ilk kunlari – şanba va yakşanbada Yevropa milliy çempionatlari orasidagi eng yetakçi ikki liga – Angliya Premer-ligasi va Ispaniya La Ligasida tur öyinlari ötkaziladi. Tribuna.uz dam oliş kunlarida grand klublar iştirokidagi quyidagi 5 qarama-qarşilikni ötkazib yubormaslikni tavsiya qiladi.
1 yanvar (şanba)
APL. 21-tur
ARSeNAL – MANÇeSTeR SITI
Öyin boşlaniş vaqti: 17:30
TV-translatsiya: FutbolTV
Köhna qit’ada yangi yilning ilk öyini Londonda ötkaziladi. «Emireyts» öyingohida Premer-liganing ayni damdagi eng yaxşi sport formasida bölgan ikki jamoasi - «Arsenal» va «Mançester Siti» özaro töqnaşadi. Ustoz va şogird sanalmiş Gvardiola hamda Artetaning töqnaşuvlarida Pep APLda Mikeldan har doim ustun kelgan bölsa-da, bu safar «şaharliklar»ni yaqqol favorit sifatida körsatiş qiyin. Zero, «Arsenal» ketma-ket 5 öyinida 5ta ğalabaga erişdi. Uşbu öyinlardagi gollar nisbati 19:2 ekanligini inobatga olsak, Arteta şogirdlari ispaniyalik murabbiy qöl ostidagi eng yaxşi sport formasiga kirganini körsatmoqda. Ikki oy oldin turnir jadvalida 10-örinlarda yurgan «kanonirlar» hozirda 4-öringaça kötarilişga erişişdi.

APLda «Arsenal»dan köra kattaroq ğalabali seriyaga ega bölib turgan yagona jamoa - «Mançester Siti»dir. Gvardiola şogirdlari turnirda ketma-ket 10ta ğalabaga erişib, jadvalda 8 oçkolik farq bilan yaqqol peşqadamga aylangan. «Şaharliklar» sönggi 4 öyinda raqiblar darvozasiga naq 18ta (!) gol kiritişdi. Taqqoslaşingiz uçun, 8-örindagi «Vulverhempton» bu mavsum APLda 13ta gol kiritgan.
«Arsenal» APL doirasida sönggi marta 2015 yilda «Siti»ni mağlub eta olgan. Şundan buyon 6 yil davomida ötayotgan uçraşuvlarning ikkitasida durang qayd etilgan bölsa, qolgan barça bahslarda mançesterliklarning qöli baland kelgan. «Arsenal»ning ayni damdagi holatidan kelib çiqib aytiş mumkinki, London klubi hozirda 7 yillik noxuş an’anasini buzişga har qaçongidan yaqinroq.
2 yanvar (yakşanba)
APL. 21-tur
ÇeLSI – LIVeRPUL











