Malayziyaning Boing samolyoti halokati qurbonlarining oilalarini birlaştiruvçi işçi guruh AQŞ prezidenti Donald Trampga maktub bilan murojaat qildi.
Murojaatda Trampdan Vladimir Putinni Donbass osmonida yölovçi samolyotining halokatga uçraşi haqida batafsil ma'lumotlarni e'lon qilişga köndiriş söralgan hamda «tavba qilişning keçi yöqligi» ta'kidlangan.
Trampga yöllangan maktubda halok bölganlarning qarindoşlari Moskvaning pozitsiyasini «voqea töğrisidagi haqiqatni yaşirişga uriniş» deb baholaşgan hamda bu holatni Ar-Riyodning jurnalist Jamol Qoşiqçining ölimida özini tutişi bilan qiyoslaşgan.
«Siz yaqinda janob Jamol Qoşiqçining öldirilişini "tarixdagi eng yomon haqiqat yaşiriş" deb atadingiz. Barça faktlarni bilmasligimizni tan olgan holda aytamizki, siz haqqa öxşaysiz. Va biz MN17 bortidagi 298 kişining öldirilişini ham Qoşiqçi öldirilişi bilan bir toifada turadi deya olamiz», deyiladi maktubda.
Tört yildan buyon olib borilayotgan tergovning rasmiy xulosasiga köra, 2014 yil iyulda Donbass osmonida MN17 samolyotini urib tuşirgan BUK majmuasi raketasi Rossiyada işlab çiqarilgan. Rossiya rasmiylari fojiaga aloqadorligini rad etib kelmoqda va Boing ukrain harbiylari tomonidan urib tuşirilganini bildirmoqda.












