Dam oliş kunlarida Ispaniya çempionatida 12-tur uçraşuvlari ötkazildi. Bu turda Messi «Barselona»da qaytişini amalga oşirdi, «Real» Solari qöli ostida qatorasiga törtinçi uçraşuvda ham ğalaba qozondi.

Messi qaytdi, «Barsa» yutqazdi

Foto: Squawka

«Barselona» - «Betis» - 3:4 (0:2) 
Gollar: Firpo, 20 (0:1). Xoakin, 34 (0:2). Messi, 68 - s penalti (1:2). Lo Selso, 71 (1:3). Vidal, 79 (2:3). Kanales, 83 (2:4). Messi, 90+2 (3:4).  
«Barselona»: ter Ştegen, Serxi Roberto, Pike, Langle, Jordi Alba, Rakitiç, Buskets (Alenya, 69), Artur (Vidal, 46), Messi, L.Suares, Malkom (El-Xaddadi, 57). 
«Betis»: Pau Lopes, Mandi, Bartra, Sidney, Telo, Guardado, Lo Selso (Inui, 87), Villiam Karvalyu, Firpo, Xoakin (Kanales, 62), Loren Moron (Leon, 76). 
Ogohlantirişlar: Guardado, 24. Rakitiç, 44. Buskets, 59. Mandi, 69. Vidal, 73.  
Çetlatiş: Rakitiç, 81.  
Hakam: Mateu Laos.

Messisiz hammasi joyida edi
Lionel Messi 20 oktabr kuni «Sevilya»ga qarşi öyinda öng yelkasidan jarohat olib, 3 haftaga safdan çiqişi jamoaning natijalariga salbiy ta'sir körsatmadi. Kataloniyaliklar asosiy yetakçisisiz ötgan 5 öyinda 4 ğalabaga erişdi, jumladan el-klasikoda «Real» yirik hisobda mağlub etildi, YeÇLda «Inter»ga qarşi öyinlarda 4 oçko olindi, jamoa Ispaniya çempionatida birinçi örinni saqlab qoldi, YeÇLda pley-off yöllanmasini muddatidan oldin hal qildi.

Leoning qaytişi
Argentinalik futbolçi kutilganidan bir hafta oldinoq maşğulotlarga kirişgan, u «Inter»ga qarşi javob uçraşuvida maydonga tuşişi kutilgandi. Ammo öyindan bir kun oldin şifokorlar tavakkal qilişni istaşmadi va uning öynaşiga ruxsat berişmadi. Messi jamoa bilan Milanga bordi, ammo Valverde uni öyin qaydnomasiga kiritmadi. La Liganing navbatdagi öyinida esa u boşlanğiç tarkibda öynaydigan böldi.

Malkom startda
Messi bilan birga Malkom ham «Betis»ga qarşi öyinning asosiy tarkibidan örin oldi. Uşbu braziliyalik Milandagi öyinda özini körsatgan va töpga birinçi teginişidayoq hisobni oçgandi. Dembelening navbatdagi maşğulotga ham keçikib kelişi va Koutinoning kiçik jarohat olişi Malkom uçun asosiy tarkibga eşik oçdi. Yozda «Roma»ning «burni ostidan ilib ketilgan» «Bordo»ning sobiq futbolçisi Ispaniya çempionati öyinida ilk marta boşlanğiç tarkibga kiritildi.

«Barselona»ning pressingi
Braziliyalik futbolçi ilk daqiqadayoq golli pas muallifi bölişi mumkin edi, uning çap qanotdan bergan uzatmasi Messining zarbasi bilan yakunlandi, ammo töp yöliga mehmonlar jamoasi himoyaçisi töğanoq böldi. «Barsa» hakamning öyin boşlangani haqidagi huştagi yangraşi bilanoq yuqori pressing uyuştira boşladi. Ammo «Betis» futbolçilari va darvozaboni xotirjam harakat qilişdi. Kuçli bosim ostida ham mehmonlar bir-birlariga aniq töp uzatişlarni amalga oşirişda davom etişdi.

Maydon egalari özlariga işonib öynaşar, futbolni soğinib qolgan Messi doimiy ravişda töp bilan muomala qilardi. U Suares va Langleni bir martadan zarba beriş holatiga çiqardi, ammo «Betis» darvozaboni Pau Lopes («Barselona»ning aşaddiy raqiblaridan biri bölmiş «Espanol» klubi tarbiyalanuvçisi) har ikki vaziyatda işonçli harakat qildi.

Ogohlik qönğiroği
Öziga haddan ortiq işonib yuboriş mezbonlarga qimmatga tuşdi. Katta kuç bilan oldinga ötgan «Barselona» orqada katta böşliq qoldirdi - Pike himoyaga qaytişga ulgurmadi, qarşi hujumda muvaffaqiyatli harakatlangan Lo Selso jarima maydoniga yorib kirib, zarba berdi, ammo töpni qaytarişga ulgurgan himoyaçilardan biri maydon taşqarisiga çiqarib yuborişga ulgurdi. Sevilyaliklarning argentinalik yarimhimoyaçisi öyinning eng faol futbolçisiga aylandi va yana bir golli vaziyat yuzaga keltirdi. Bu safar Xoakin u taşlab bergan töpni darvozaga aniq yöllay olmadi. «Barselona» bu hujumni ogohlik qönğiroği sifatida qabul qilişi kerak edi, ammo bunday bölmadi.

Ikki karra jazolaş

Foto: Xavier Bonilla/NurPhoto via Getty Images

«Betis» 15 daqiqa içida kök-anorranglilarni ikki marta jazoladi. Taniqli «futbol şaxmatçisi» bölmiş Seten sevilyaliklar jamoasining kombinatsion öyinini yaxşi qura olganini namoyiş qildi. U öyindan oldin Yohan Kroyfning «Barselona»si namoyiş etgan futbolga qöygan muhabbatini tan olgandi. Niderlandiyalik dahoning ispaniyalik mutaxassisga qançalik ta'sir körsatgani öyin davomida körinib turdi. 

Birinçi gol çap qanotda Karvalyu Firponi qulay vaziyatga çiqarişi ortidan urildi. Yoş qanot himoyaçisi Robertoni doğda qoldirib, ter Ştegenning yaqin burçagini aniq nişonga oldi. Ikkinçi golni esa «Barselona»ning sobiq futbolçisi Teloning qanotdan uzatmasidan keyin Xoakin urdi. Tanaffus arafasida tabloda 0:2 hisobi porlab turardi, mehmonlar foydasiga.

Ikkinçi bölimdagi rok-n-roll
Valverde tanaffusdayoq özgariş qilişni boşladi. Vidalning maydonga çiqişi jamoaning harakatçanligini oşirdi, «Betis»ning kuçlari tugayotgandek körina boşladi. 67-daqiqada Telo Albani jarima maydoni hududida yiqitdi va belgilangan penaltini Messi aniq ijro etdi. 

«Barsa» hisobni tenglaştiriş uçun katta kuç bilan oldinga taşlandi, ammo bir neça daqiqa ötib ikki töplik farq tiklandi. Lo Selso darvozabonning öziga qaratib yengilgina zarba yöllagandi, ammo ter Ştegen barçani hayron qoldirib, töpni ötkazib yubordi. Şu ondan boşlab maydonda rok-n-roll boşlanib ketdi.

«Barsa» tez orada javob qaytardi, Messining Munirga a'lo darajada pasidan keyin zarba bermagan hujumçi töpni Vidalga qoldirdi - kataloniyaliklar hisobni yana qisqartirişdi. Ammo öyin yakunlanib borayotgan pallada Rakitiçning maydondan çetlatilişi - u raqib hujumini qöpol ravişda töxtatgani uçun haqli tarzda ikkinçi sariq kartoçka bilan jazolandi - kök-anorranglilarning kayfiyatiga ta'sir körsatdi. Köp ötmay mehmonlar törtinçi golni urişdi, bu safar Kanales aniq harakat qildi.

Leoning dubli
Bu öyinni qutqarib qolişning imkoni qolmagandi. Qöşimça daqiqalarda Messi yana bir gol urdi, bu vaziyatda videotakrordan foydalanildi. Ammo «Barsa»ning bundan ortiğiga kuçi ham, vaqti ham qolmagandi. Kök-anorranglilar çempionatda ikkinçi marta mağlubiyatga uçradi.

3:4. Kataloniyaliklar uy uçraşuvlarida mağlub bölmaslik böyiça 43 uçraşuv davom etgan seriyani töxtatişdi. FIFA kunlari munosabati bilan yuzaga keladigan tanaffus Valverde uçun köp narsani öylab olişga imkon yaratişi mumkin.

«Betis» va Seten esa - tur qahramonlari bölişdi.

«Real»da ğalabali seriya

«Selta» – «Real» – 2:4 (0:1)
Gollar: Benzema, 23 (0:1). Kabral, 56 – avtogol (0:2). Malo, 61 (1:2). Serxio Ramos, 83 – penalti (1:3). Sebalos, 90+1 (1:4). Mendes, 90+4 (2:4).
«Selta»: Alvares, Malo, Ronkalya, Kabral, Xunka, Mendes, Beltran (Emre Mor, 63), Okay Yokuşlu, Bufal (Yulsager, 63), Aspas, Gomes.
«Real»: Kurtua, Odriosola, Naço (Asensio, 71), Serxio Ramos, Regilon (Sançes, 45+1), Kroos, Kazemiro (Sebalos, 19), Modriç, L.Vaskes, Benzema, Beyl.
Ogohlantirişlar: Regilon, 37. Kabral, 40. Malo, 41. Xunka, 44. Sançes, 53.
Çetlatiş: Kabral, 87.
Hakam: Undiano Malenko.

«Murabbiy vazifasini vaqtinça bajaruvçi»
28 oktabr kuni «Real» klasiko bahsida şarmandalarça mağlub böldi (1:5), şundan keyin Xulen Lopetegi örniga örinbosarlar jamoasi murabbiyi Santyago Solari vaqtinça boş murabbiy etib tayinlandi. Argentinalik mutaxassisga ikki hafta muhlat berilgandi, bu muddat yakunlangaç, «Qirollik klubi» rahbariyati boş murabbiyni taniştirişi kerak edi. Körinib turibdiki, Solari rasman boş murabbiy etib tayinlanadi. Ayni vaqtda klub rahbariyati qaysidir mutaxassis bilan muzokaralar olib borayotgani töğrisidagi xabarlar ham tinçib qolgan.

Tört imtihon
Bu ikki hafta içida argentinalik mutaxassis 4 öyinga jamoani boşlab borişi belgilangandi. Birinçi öyin nisbatan oson edi - Ispaniya Kubogida «Melilya» mağlub etildi (4:0). Keyin esa içki çempionatda «Valyadolid» (2:0) va «Selta» (4:2), Çempionlar ligasida esa «Viktoriya» Plzen klublari taslim etildi (5:0).

Qöşimça motivatsiya
«Real» bungaça Solari boşçiligidagi 3ta öyinda bitta ham gol ötkazmagandi - 11:0. Törtinçi öyin eng murakkabi edi - «Vigo»da keltlarga qarşi. Ötgan mavsumda «Selta» «Real»ga qarşi öz uyidagi öyinda oçko olgandi (2:2), bu mavsumda esa «Balaidose»da «Atletiko»ni mağlubiyatga uçratişga ulgurdi (2:0). Galisiyaliklar odatda La Liganing boşqa öyinlarida yorqin öyin körsatişmaydi, grandlar bilan öyinlarda esa qöşimça motivatsiya bilan harakat qilişadi. Şu tufayli, madridliklar muxlislarida bu öyindan avval jiddiy xavotir bor edi.

Jarohatlar

Öyin boşidayoq muammolar yuzaga keldi. Maydon egalari keskin öyin körsatişdi va öyin boşlanganiga 20 daqiqa bölmay turib, navbatdagi qöpollikdan keyin Solari ilk majburiy özgarişni amalga oşirdi - ortdan podkat berilişi tufayli Kazemiro safdan çiqdi va uning örnida maydonda Sebalos paydo böldi. Birinçi bölim oxirida esa Regilon çöloqlana boşladi va uning örniga Xavi Sançes tuşirildi. «Real» lazaretidagi Marselo, Varan va Karvaxal qatoriga yana bir himoyaçi borib qöşiladigan böldi.

Benzemaning faolligi
Bu vaqtga kelib mehmonlar hisobni oçib ulgurişgandi. Modriçning pasidan keyin Benzema bir urinişda darvozani işğol qildi. Bu gol fransiyalik hujumçi uçun çempionatdagi beşinçi gol böldi. Tanaffusdan keyin u jamoasining yana bir golida iştirok etdi, uning zarbasidan keyin töp darvoza ustunidan qaytib, raqib himoyaçisi Kabralning boşiga tegdi va darvoza töriga borib tuşdi. «Qirollik klubi» işonç bilan öyinni nazorat qila boşladi.

Himoya muammolari
Ammo «Selta» öz uyida qöl kötarib taslim böla olmasdi. Kabralning avtogolidan 5 daqiqa ötib hisob qisqardi - Malo jarima maydoniga yorib kirib, qanotdan uzatilgan töpni Kurtuaning uzoq burçagiga yölladi. Köp ötmay Solari uçinçi marta majburiy özgarişni amalga oşirdi - jarohat olgan Naço öz örnini Asensionga böşatib berdi. Vaskes esa çap qanotga ötib harakatlana boşladi.

Öyinda hal qiluvçi vaziyat mezbonlar darvozasiga penalti belgilanişi böldi. Ramos uçinçi golni urdi. Öyin oxirida Sebalos hisobni yirik körinişga keltirdi (bu vaqtga kelib öyin antiqahramoni Kabral ikkinçi sariq kartoçkani olib, maydonni tark etgandi). Öyinga qöşib berilgan daqiqalarning oxirida Brais hisobni qisqartirdi. 4:2, Solari ikki haftalik muddatni muvaffaqiyatli ötkazdi 4 öyinda 4 ğalaba, töplar nisbati 15:2. Madridliklar bu mavsumda hali qatorasiga tört öyinda ğalaba qozonişmagandi.

Ehtimol, «Real» prezidenti Florentino Peres yangi murabbiyni tanlaş vaqtida buni unutmas. Solari «qaymoqranglilar» boşqaruvida kamida şu mavsum oxirigaça qolişga haqli. Bu murabbiy nomzodini bir qator futbolçilar ham faol qöllab-quvvatlaşmoqda.

Godinning qahramonligi

«Atletiko» – «Atletik» 3:2 (0:1, 3:1)
Gollar: 0:1 – 36 Inyaki Uilyams, 1:1 – 61 Parti, 1:2 – 64 Inyaki Uilyams, 2:2 – 80 Rodri Ernandes, 3:2 – 90 Godin.
«Atletiko» – Oblak, Aryas, Godin, Montero (Jyelson Martinş, 56), Filipe Luis, Korrea (Kaliniç, 62), Parti, Rodri Ernandes, Saul, Diyego Kosta (Vitolo, 46), Grizmann.
«Atletik» – Yago Errerin, De Markos, Nunes, Martines, Balensiaga, Benyat (Nolaskoayn, 67), San Xose, Muniain, Susayeta (Kapa, 88), Inyaki Uilyams (Raul Garsiya, 76), Berçiçe.
Ogohlantirişlar: Diyego Kosta (38), Benyat (49), Vitolo (66), Kaliniç (66), Adan (66), San Xose (82), De Markos (86), Martines (90), Korrea (90), Berçiçe (90).
Çetlatiş: Berçiçe (90).

Taslim bölmas Diyego Godin «Atletiko»ga qöşimça daqiqalarda ğalaba keltirdi. Bungaça u yarim soat davomida maydonda jarohati bilan harakat qildi.

Öyinning 64-daqiqasida madridliklar jamoasining urugvaylik sardori Inyaki Uilyams ikkinçi golni uriş uçun ketayotganida uni ta'qib eta turib belidan jarohat oldi. Ammo bu vaqtga kelib, «Atletiko» 3 nafar futbolçini almaştirib bölgandi.

32 yoşli futbolçi maydonda qoldi. Murabbiy uni hujumga jönatdi. 91-daqiqada birinçi golni öziga xos uslubda uzoq masofadan urgan Parti jarima zarbasini ijro etdi. Uning pasini Antuan Grizmann Godinga qulay qilib taşlab berdi va himoyaçi ğalaba golini oqsoqlangança nişonladi.

«Uilyams bilan birga çopganimdan keyin belimda qattiq oğriq his qildim. Men ketişga çoğlanib, sardorlik boğiçini Antuanga bermoqçi edim. Ammo bizda zaxira qolmagan ekan. Biz Çolo bilan gaplaşdik va u meni hujumga qöyişga qaror qildi. Öyin oxirigaça köp vaqt bor edi va men hali jamoaga yordam bera olaman deb öyladim. Endi tekşiruv natijalarini kutamiz, men kamida bir oyga safdan çiqqan bölsam kerak. Men öz tanamni bilaman, jarohatni jiddiylaştirmaslik uçun ehtiyot bölişim kerak», degan öyindan keyin futbolçi.

Tur öyinlari
Sevilya – Espanol 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 38 Iglesias, 1:1 – 70 Merkado, 2:1 – 89 Ben-Yyedder.
Alaves – Ueska 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 35 Gomes, 1:1 – 41 Xoni Rodriges, 2:1 – 68 Sobrino.
Rayo Valekano – Vilyarreal 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 33 Çukvueze, 1:1 – 45 de Tomas, 2:1 – 66 Garsiya, 2:2 – 80 Sansone.
Xetafe – Valensiya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 81, penalti Parexo.
Valyadolid – Eybar 0:0 (0:0, 0:0)
Levante – Real Sosedad 1:3 (1:0, 0:3)
Gollar: 1:0 – 4 Rodriges, 1:1 – 73 Teo, 1:2 – 77 Xuanmi, 1:3 – 83 Oyarsabal.
Jirona – Leganes 0:0 (0:0, 0:0)

Turnir jadvali