Joriy yilning 12 noyabr kuni Toşkent şahrida «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki va Islom taraqqiyot banki guruhining (ITB) a’zosi bölgan Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) rahbarlari örtasida bölib ötgan uçraşuvda umumiy qiymati 4 mln. AQŞ dollari miqdorida «Savdoni moliyalaştiriş liniyasi»ni ajratiş böyiça Bitim imzolandi. Bu haqda KUN.UZ’ga Bank Axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur bitim, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentabrdagi «Respublika bank tizimini yanada rivojlantiriş va barqarorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi hamda 2017 yil 17 dekabrdagi «Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorlarida belgilangan mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga qaratilgan loyihalarni amalga oşirişda xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan özaro hamkorlik aloqalarini izçil mustahkamlaş borasidagi muhim yönaliş böldi.

Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) tomonidan ajratilgan uşbu liniyaning maqsadi 1 yilgaça bölgan muddatga amal qiladigan savdo operatsiyalarini qöllab-quvvatlaşdan iborat.

«Bugun imzolangan Bitim kiçik biznes korxonalari manfaatlariga muvofiq, savdoni moliyalaştirişdagi yangi yeçimlarni izlaş jarayonida ikki taşkilot örtasida manfaatli hamkorlik uçun keng imkoniyatlar yaratadi hamda kiçik biznesning içki bozorda samarali va faol rolini oşirişga yordam berib, ularni yirik korxonalar qatoriga qöşilişiga, respublikada investitsion loyihalarni amalga oşirişdagi sa’y-harakatlarning qöllab-quvvatlanişiga imkon yaratadi», — dedi «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki boşqaruvi raisi Sardor Normuhamedov.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 9 iyulida «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki va Xususiy sektorni rivojlantiriş böyiça Islom korporatsiyasi (XSRIK) örtasida moliyalaştiriş liniyasini ajratiş töğrisidagi Bitimi imzolangan.