Janubiy va Şimoliy Koreya çegaradagi 22 ta postni olib taşlaşni boşladi. Bu haqda “Ryonxap” axborot agentligi xabar berdi.
“Seul va Pxenyan ikki Koreyani ajratuvçi qurolsizlaştirilgan hududdagi 22 ta qöriqlaş postidan qöşinlar va öqotar qurolni olib çiqişni yakunladi”, — deb aytilgan xabarda.
Ma'lum qilinişiça, ikki davlat bittadan postni qoldirişga kelişib olgan. Şimoliy Koreya mamlakat yetakçisi Kim Çen In 2013 yil iyunda taşrif buyurgan kuzatuv punktini saqlab qolişi ehtimol qilinmoqda.
Seul va Pxenyan dekabrda postlar olib taşlanganini tekşirişni boşlaydi.












