Amerika Qöşma Ştatlari Yamandagi uruşga butunlay yakun yasaş niyatida, deb yozadi New York Magazine.

Xususan, bu hafta AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo va Pentagon rahbari Jyeyms Mettis Yamandagi uruşni tugatişga çaqirişdi. AQŞ mudofaa mahkamasi rahbarining sözlariga köra, «tinç jarayonga nafaqat yaqin kelajakda harakatlaniş kerak», balki Vaşington buni yaqin «30 kun içida» qilişi kerak, deyiladi materialda.

Naşrning ta'kidlaşiça, bu Yamanda uç yil muqaddam uruş boşlanganidan beri u haqdagi eng qat'iy bayonotdir. Uşbu qadamlar BMT tomonidan «dunyodagi eng yomon gumanitar inqiroz», deb ataluvçi Yamandagi uruşni tugatişga qaratilgan muvofiqlaştirilgan turtkining bir qismidir, deb yozadi NY Mag.

AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyati a'zolari örtasida Yaman uruşi haqidagi qat'iy sözlar ikki hodisa bilan izohlanadi: The Washington Post’ning saudiyalik muxolif jurnalisti Jamol Qoşiqçi öldirilişi hamda AQŞ kongressi içida Qöşma Ştatlarning uşbu uruşdagi örni, şuningdek, oçarçilikdan azob çekayotgan aholi va bolalarning öldirilişi masalasi böyiça ösib borayotgan muxolifat, deya aniqlik kiritadi naşr.

Xususan, Saudiya Arabistonining Istanbuldagi elçixonasida Qoşiqçining öldirilişi Ar-Riyodga bölgan işonçga putur yetkazdi. Qöşma Ştatlar Saudiya Arabistoni samolyotlariga yonilği yetkazib beradi va Saudiya podşohligiga qurol sotadi, bu esa AQŞni Yaman inqirozi iştirokçisiga aylantiradi, deya qayd etiladi materialda.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞdagi saylovlardan söng fuqarolar uruşi xavfi mavjudligi aytilgandi.