Ötkinçi dunyosiga kelgan har bir bandaga uning sabri yetgunçalik sinov keladi. Kimningdir mol-mulkiga musibat yetsa, yana kimningdir tan sihatligiga putur yetadi. Şundaylardan biri oğir dardga çalingan hamyurtimiz Feruz Ahrorovdir. 2-guruh nogironi bölgan Feruz 1991 yil 8 iyunda Navoiy viloyati Karmana tumanida tavallud topgan. Bugungi kunda Navoiy şahri, Tinçlik 1-a uyda istiqomat qiladi. 

4 yoşli öğilçaning otasi bölgan Feruzda taxminan 6 yillar avval gepatit V aniqlangan va bu jigar sirroziga olib kelgan. Keyinçalik, unda gepatit D virusi ham borligi ma'lum bölgan. Feruzga virus etiologiyali jigar sirrozi, HbsAg va HBV ijobiy, Çayld-pyu böyiça dekompensatsiya bosqiçi taşxisi qöyilgan. 

Buning natijasida portal gipertenziya, splenomegaliya, Astsit, qizilöngaç venalarining varikoz kengayişi kabi asoratlardan aziyat çekmoqda. Oxirgi marotaba qizilöngaçida qon ketişi oqibatida jarrohlik amaliyotini ham boşdan keçirgan. Rafiqasi Karmana tumanidagi maktabgaça ta'lim maskanida işlaşi barobarida oliy ta'limni şartnoma asosida davom ettirmoqda. Ta'kidlaş örinliki, Feruzning ahvoli kundan-kun oğirlaşmoqda. Davolaniş uçun esa, katta mablağ zarur

Hayotda katta orzularini röyobga çiqarişni xohlayotgan, farzandining kamolini körişni istayotgan hamyurtimiz  xayr-saxovatli yurtdoşlaridan yordam qölini çözib,  ehson qilişlarini söramoqda. KUN.UZ tahririyati ham saxovatpeşa özbekistonliklarga murojaat qilib, moddiy tanglikda qolgan yana bir hamyurtimizning muşkulini oson qiliş borasida hissa qöşişga undaydi. Şubhasiz, har bir qilingan zarraçalik yaxşilikning ajri-mukofoti bor. Ehson qila olmaydigan uzrlilarimiz esa, Feruzning haqiga duoi-xayrlar qilib qöyişsa, zora ularning duolari şarofatida Alloh şifoi komil bersa! 

Ahrorov Feruz +998973672725  PAYME, CLICK, AGROBANK Navoiy viloyati hududiy filiali

Plastik kartoçka raqami: 8600 0423 4132 2237

MFO: 00197    

INN: 200007371

Naqd pul topşirganda: 23116000400000197001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul ötkazganda: 23118000200000197001

Boşqa taşkilotlardan kelib tuşgan mablağlar tranziti: 23120000900000197001

Tolib Rahmatov tayyorladi