AQŞning Afğoniston böyiça maxsus vakili Zalmay Halilzod Vaşingtonga Kobul prezidentlik saylovlarini öz vaqtida ötkazişdan voz keçişi uçun Afğoniston hukumatiga bosim ötkaziş taklifini berdi. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga asosan xabar qilmoqda.
Naşr ma'lumotlariga köra, AQŞ saylovlarni ötkaziş «Tolibon» harakati vakillari bilan muzokaralarga salbiy ta'sir körsatişi mumkin, deb hisoblaydi.
Qayd etilişiça, Halilzod Kobulni saylovlarni öz vaqtida ötkazişdan voz keçişga majbur qiliş taklifini bergan.
Şu bilan birga, manbalar fikriça, Vaşingtonning Kobulga bosimi mamlakatlar örtasida keskinlik avj olişiga olib keladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya «Tolibon» bilan muzokaralarga tuşuntiriş bergandi.












