Özbekiston Respublikasi prezidenti “Parrandaçilikni yanada rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Hujjatda qayd etilişiça, sohani yanada jadal rivojlantirişga, jumladan, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, işlab çiqariş jarayonini modernizatsiya qiliş va tayyor parrandaçilik mahsulotlari eksportini kengaytirişga tösqinlik qilayotgan qator muammolar mavjud. Xususan:
birinçidan, parrandaçilik mahsulotlarini qayta işlaş darajasi past, tarmoq mahsulotlarini işlab çiqariş va eksport qilişda yarim tayyor mahsulotlar uluşi yuqoriligiça qolmoqda, şuningdek, parranda çiqindilarini çuqur qayta işlaş tizimi yölga qöyilmayapti;
ikkinçidan, parrandaçilik sohasida asosan tovuq yetiştiriş bilan çeklanib qolinmoqda, boşqa parranda turlari (kurka, bedana, ğoz, ördak, tuyaquş, kaklik va boşqalar) yetiştirişni ommalaştiriş çoralari körilmayapti;
uçinçidan, parranda kasalliklarini öz vaqtida aniqlaş va ularning oldini oliş böyiça zamonaviy biolaboratoriyalar taşkil etilmaganligi oqibatida parrandalar orasida yuqumli kasalliklar tarqalib bormoqda;
törtinçidan, sohada malakali kadrlar tayyorlaş, ularni işlab çiqarişning zamonaviy uslublariga öqitiş, soha mutaxassislarida innovatsion yondaşuvlar hamda könikmalarni şakllantiriş, işlab çiqarişda yuqori sifatga erişiş uçun xorijiy mutaxassislarni jalb qiliş işlariga yetarliça e'tibor qaratilmayapti;
beşinçidan, parranda ozuqa bazasini yaratiş, import örnini bosuvçi ozuqa mahsulotlarini işlab çiqariş işlari talab darajasida yölga qöyilmagan;
oltinçidan, parranda mahsulotlari eksport qilinayotgan davlatlar geografiyasini kengaytiriş, şu orqali eksport hajmini keskin oşiriş çoralari körilmagan;
yettinçidan, sohaga töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni kiritiş böyiça tajriba yetarli emas, bu borada yetakçi xorijiy hamkorlar bilan yaqin aloqalar yölga qöyilmayapti.












