AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi 2001 yil 11 sentabr teraktlari ortidan terrorçilarga qarşi «haqiqat zardobi» qöllaş imkoniyatini işlab çiqqan. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Amerika fuqarolik huquqlari himoyasi ittifoqi tomonidan e'lon qilingan tegişli hisobotda bu boradagi işlanmalar bölgani haqida söz yuritiladi.
Hisobotda aytilişiça, Markaziy razvedka boşqarmasi mos keluvçi vositani topiş uçun keng miqyosli tajribalar ötkazgan. Uning yordamida terrorçilar ma'lumotni oşkor qilişi osonroq bölardi.
Aniqlik kiritilişiça, boşqarma şunday xulosaga kelganki, bunda eng yaxşi ta'sirni midazolam preparati körsatgan. U asosiy effektidan taşqari, yengil amneziyaga sabab bölgan, bu esa mahkama tomonidan kerakli qöşimça, deb topilgan.
Preparatdan foydalaniş uçun AQŞ Adliya vazirligidan ruxsat oliş kerak edi, ammo u talab qilinmagan va 2003 yilda tadqiqot töxtatilgan.












