Indoneziyadagi aviahalokatda halok bölgan yigitning qalliği yolğiz holda töy fotosessiyasini uyuştirib, uning “oxirgi istagi”ni bajo keltirdi.

Intan Şyari ismli qiz va Rio Nanda Pratama ismli yigit bir-birlarini 13 yildan beri tanişgan va 11 noyabrda nikoh töyi ötkazişmoqçi bölişgan. 

Yigit şifokor bölgan va töygaça uyiga qaytişni rejalaştirgan holda Jakartadagi seminarga ketgan. Biroq baxtsiz reys u uçun sönggisi böldi va judolikdan qayğurayotgan  qiz yorining oxirgi istagini bajo keltirdi.

Qizning aytişiça, Rio samolyotga ötirişi oldidan hazillaşib, agar töygaça kelişga ulgurmasa, töyda suratga tuşib, ularni unga yuborişini aytgan.

Qiz instagramdagi sahifasida halok bölgan qalliği birinçi muhabbati va u bilan 13 yildan beri taniş bölganini tan olgan. Qiz kelin libosida bir özi tuşgan suratga izohda yoriga musibat uning qaddini bukmasligi va u uçun tabassum qilişga va'da qilganini aytgan.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Iis (@intansyariii) on

“Men qayğura olmayman va doimo sen aytganingdek, kuçli bölişim kerak”, deb yozgan qiz.

Noodatiy fotosessiyaga taklif qilingan fotosuratçi internetda unda olingan bir neça suratni e'lon qilgan va sevişganlarning fojiali qismati bilan bölişgan.

Samolyot 29 oktabrda Yava oroli yaqinida qulagan. Samolyot bortida 189 kişi bölgan. Samolyot bilan aloqa Jakarta aeroportidan havoga kötarilgandan 13 daqiqa ötib yöqolgan. Şundan keyin samolyot dengizga qulab, çökib ketgan.

Rioning şaxsi 6 noyabrda örnatilgan, u 2 kun ötgaç dafn etilgan.