Mutlaq jangçilar çempionati (UFC) çempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmannop Nurmagomedov öğlining amerikalik Toni Fergyuson bilan ehtimoliy jangi haqida fikr bildirdi. Bu haqda «Izvestiya» gazetasi xabar qilmoqda.
Katta Nurmagomedovning sözlariga köra, öğli Fergyuson bilan jang qilişga qiziqiş bildiryapti. Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, boşqa bir şogirdi - Islom Maxaçyov Toni bilan bellaşib körişi mumkin.
«Fergyuson bilan jang sport nuqtai nazaridan qiziqarli, sababi bu jangçi haqli ravişda öz örniga ega. Tonining darajasini uning 11 jangdan iborat ğalabali seriyasi aks ettiradi.
Biroq, mening fikrimça, yana bir narsa muhimdir: rossiyalik Islom Maxaçyov hattoki bugun amerikalikka qarşi çiqişga tayyor. Işonçim komilki, Islom uni taslim etadi, çunki hozir juda yaxşi jismoniy holatda», - dedi Abdulmannop Nurmagomedov.
Eslatib ötamiz, avvalroq Nurmagomedovning otasi Habib Makgregor bilan yana jang ötkazişi mumkin ekani haqida aytgandi.












