UFC yengil vazn toifasidagi çempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmannop Nurmagomedov aytişiça, Konor Makgregor bilan yana bir jang ötkazilişi mumkin. Bu haqda «Izvestiya» gazetasi xabar tarqatdi.
Uning ta'kidlaşiça, bu jang boks qoidalariga rioya qilgan holda ötkazilsa, qiziqiş uyğotişi mumkin.
«Konorga qarşi boks qoidalari böyiça jangga keladigan bölsak, unda bunday bahs bizga qiziq ekanini bildirmoqçiman. Habib aralaş yakka kuraşlardagi eng yaxşi zarba beruvçilarni taslim etişga qodirligini körsatmoqçi. U ilgari ham bu haqida gapirgan, ammo köpçilik unga işonmagan. Biroq, Maykl Jonson, Edson Barboza va Konor ustidan ğalaba qozonganidan söng, işonişni boşlaşdi. Nurmagomedov boks ringida ham buni qila oladi.
Habibda boks qoidalariga köra ğalaba qozoniş uçun barça imkoniyat bor. Çaqqonligi uning asosiy könikmalardan biridir», - deya ma'lum qildi u.













