Yevropa parlamentining YeI qator davlatlaridan bölgan a'zolari Amazon rahbari Jyeff Bezosga murojaat bilan çiqib, uni saytda sovetlar ramzlari bölgan buyumlarni sotişdan voz keçişga çaqirişdi. Bu haqda Delfi xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, bunday maktubni yuboriş taşabbusi bilan Litva parlamentariysi Antanas Guoga çiqqan.

Murojaat matnida aytilişiça, Yevropa parlamenti vakillari «sovetlar va natsistlar rejimi» ramzlaridan foydalanişni qoralaydilar. Ularning bildirişiça, rejimlar «inson huquqlarini muntazam ravişda buzgan, erkinlik va demokratiyani çeklagan».

Eslatib ötamiz, avvalroq SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbaçyov yangi qurollaniş poygasi boşlangani haqida ma'lum qilgandi.