Qirğizistonliklar Tojikistonda röyxatdan ötmasdan 60 kun yurişlari mumkin. Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Qirğiziston fuqarolarining Tojikistonda bölişlari tartibi töğrisidagi hukumatlararo kelişuvni ratifikatsiyasini imzoladi.

Qonun şu yilning 11 oktabrida Jogorku Keneş tomonidan qabul qilingandi.
Endilikda Qirğiziston fuqarolari Tojikistonda röyxatdan ötmasdan 60 kun yurişlari mumkin böldi. Tojikiston fuqarolari uçun ham Qirğizistonda xuddi ana şu tartib örnatiladi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 14 mart kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 16 martdan boşlab Tojikiston fuqarolari uçun kelişuv amal qilişi töğrisidagi qarorga imzo çekdi. Hujjatga köra, ikki mamlakat fuqarolari 30 kun davomida davlatlar hududida vizasiz bölişi mumkin.











