Moskvada röyxatdan ötiş va patent beriş tufayli migrantlar orasida jinoyatçilik sodir etilişi teng yarmiga kamaydi, dedi Moskva meri Sergey Sobyanin.

"Bugungi kunda 70% gastarbayterlar röyxatdan ötmoqda, patent olmoqda, barmoq izlarini qoldirmoqda, ya'ni biz ularni köramiz va taniymiz. Bu migratsiya bilan boğliq jinoyatlarning sezilarli ravişda kamayişiga olib keldi", dedi Sobyanin "Rossiya-1" telekanaliga bergan intervyusida.

U Moskvada videokuzatuv tizimi hovlilar, uylar, transport tizimi, savdo markazlari va şahar köçalarini qamrab olganini, bu esa politsiya işi samaradorligini oşirişini ta'kidladi.