14 noyabr kuni Toşkent şahrining Olmazor tumanida 28-maktab va 159-maktab öquvçilari örtasida özaro muştlaşuv bölib ötdi.
Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi ma'lumotiga köra, avvaliga olti öquvçi iştirokida katta janjal bölgan, keyin bu mojaro muştlaşuvga aylanib ketgan. Muştlaşuv vaqtida öquvçilardan biri qoçib ketgan.
Mojaro iştirokçilaridan ikki nafari, 28-maktabda öqiydigan 16 yoşli A.U. va M.M. «yengil tan jarohati olgan».
«Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi («bir guruh şaxslar tomonidan bezorilik qiliş») böyiça 159-maktabning 16 yoşli öquvçisi K.B. va 14 yoşli öquvçisi D.A., şuningdek, akademik litseylardan birida öquvçi 16 yoşli D.S. gumondor sifatida uşlangan va ularga ayblov e'lon qilingan», deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, tergov davomida nizo sabablari va uning iştirokçilari keltirgan vajlar aniqlangan. Lekin Toşkent IIBB xabarida mojaro sabablari keltirilmagan.
Bundan avvalroq Uçtepa tumanidagi 236-maktabning 11-sinf öquvçilari tarix öqituvçisini döpposlagani, ularga maxsus komissiya tomonidan çora körilgani haqida xabar berilgan edi.












