Bir yil ilgari dengizda çökib ketgan Argentina HDKga qaraşli San Juan suvosti kemasini çiqarib oliş uçun 4 mlrd dollar mablağ ajratilişi ahmoqona qaror böladi. Mamlakat mudofaa vaziri Oskar Aguad ana şunday fikr bildirdi.

"Agarda rostdan ham bu 4 mlrd dollarga tuşadigan bölsa, bu ahmoqlik böladi. Bu mening şaxsiy fikrim, ammo Argentinada qaşşoqlik darajasi 30%ni taşkil etayotgan bir vaqtda 4 mlrd dollar sarflaş aqldan emas", - dedi u America TV telekanali efirida.

Vazir şu bilan birga, asosiy muammo operatsiyaning taxminiy qiymatida emas, balki suvosti kemasini 907 metr çuqurlikdan tortib oladigan texnologiyaning yöqligida ekanligini bildirdi.

Avvalroq Clarin gazetasi ekspertlar fikriga tayanib, suvosti kemasini tortib çiqariş operatsiyasi 3,5 mlrd dollarga tuşişi mumkinligini yozgandi.

Bortida 44 nafar ekipaj a'zosi bölgan San Juan suvosti kemasi 2017 yilning 15 noyabrida aloqaga çiqmay qöygan. 30 noyabr kuni HDK ekipajni qutqariş operatsiyasi töxtatilganini e'lon qilgan, ammo kemani qidiriş işlari davom ettirilgandi.

17 noyabr kuni Argentina HDK bir yil avval çökib ketgan kema AQŞning Ocean Infinity xususiy kompaniyasi tomonidan topilganini ma'lum qildi.