«Ayntraxt» hujumçisi Luka Yoviç Yevropaning top-klublari e'tiborida bölib turibdi.
Nemis matbuotidagi xabarlarga köra, «Barselona» skautlari Millatlar ligasi doirasidagi Serbiya – Qoratoğ uçraşuvi (2:1) vaqtida mezbonlarning 20 yoşli a'zosini kuzatib borişgan. Öyinda Yoviç 83-daqiqada zaxiradan maydonga tuşgan edi.
Şu bilan birga, Lukaga «Liverpul»ning ham qiziqişi borligi aytilmoqda. Avvalroq «Bavariya» ham 2019 yil yozida öz safiga qöşib olişga harakat qilişi ma'lum qilingan, Italiyadan esa «Napoli» da'vogar sifatida körsatilgan edi.
Frankfurt klubi 20 yoşli Yoviçni 2017 yil yozida «Benfika»dan ijaraga olgan. Bitim şartida nemislar 8 million yevro tölab, serbiyalikning transfer huquqini qölga kiritiş huquqi borligi belgilangan. «Ayntraxt» katta ehtimol bilan yozda şartnomadagi ana şu banddan foydalanib, hujumçini töla qölga kiritadi.
Bundesliganing uşbu mavsumida 9 ta öyinda 9 ta gol urib, 2 ta samarali pas uzatgan Luka Yoviç ayni paytda çempionat töpurarlari röyxatini boşqarib turibdi.












