Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Oqördada içki işlar idoralari faoliyatini modernizatsiyalaş masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi.
Nazarboyev yiğilişni oçib, huquq-tartibotni ta'minlaş va jinoyatçilikka qarşi kuraş masalalari alohida nazorat ostida ekanligini ta'kidlab ötgan.
Qozoğiston prezidenti oxirgi 3 yil içida mamlakatda jinoyatçilik darajasi 17,5 foizga kamayganini qayd qilib ötgan.
“Odamlar jinoyatçilardan himoyalaniş uçun birinçi navbatda politsiyaga murojaat qiladilar. Mustaqillik yillari davomida içki işlarning 779 xodimi halok bölgan, 2,5 mingga yaqini yaralangan. Buni yodda saqlaş kerak. Şu bilan birga içki işlar idoralarining joriy holati jamiyatning umidlariga töliq javob bermaydi”, deb aytgan Nazarboyev.
Nazarboyev politsiyaçilarning fuqarolar bilan özaro munosabatlarining amaldagi standartlari eskirib qolgani va zamonaviy voqeliklarni hisobga olmasligini ta'kidlab ötgan.
“Içki işlar idoralari faoliyati jamiyat umidlarini oqlay olmayapti, fuqarolar tanqidiga uçramoqda. Odamlar özlarini xavfsiz his qilmayaptilar. Busiz esa boş maqsadimiz hisoblangan – qozoğistonliklarning yuqori turmuş tarzini ta'minlay olmaymiz. Şu sababli politsiyani darhol isloh qilişni boşlaşimiz lozim”, deb sözlarini davom ettirgan Qozoğiston rahbari.
Nazarboyev politsiyani modernizatsiyalaşning muhimligini ta'kidlagan holda, içki işlar idoralari strukturasi va ştatlarni optimallaştiriş hamda unga xos bölmagan funksiyalardan ozod qilişni topşirgan.
“Barça ortiqça narsalardan xalos bölib, bor e'tiborni jinoyatçilikka qarşi kuraş va huquq-tartibotni saqlaşga qaratiş lozim. Böğinlar otpimallaştiriladi, buning natijasida bir rahbarga 3 nafar emas, 5 nafar böysunuvçi xodim töğri keladi. Xodimlar soni 10 foizga qisqaradi. Bu çoralar politsiyaçilar sonining 100 ming fuqaroga 471 nafardan 424 nafargaça kamayişiga olib keladi. Bu esa Yevropadagi örtaça darajaga yaqindir. Bu orqali 16 mlrd tenge tejaladi”, deb qöşimça qilgan Qozoğiston rahbari.
Nazarboyev tejalgan mablağlarni içki işlar xodimlari maoşlari va ijtimoiy himoyasini yaxşilaşga yönaltirişni buyurgan. Qozoğiston prezidenti, şuningdek, qöşimça içki zaxiralarni izlaş böyiça tizimli işni ötkaziş va nosamarador ma'muriy sarf-xarajatlarni istisno qilişga körsatma bergan.












