Osiyo Futbol Konfederatsiyasi qit'a futbolining 2018 yildagi eng yaxşi vakillari bölişga nomzodlar röyxatini e'lon qildi.

Laureatlarni taqdirlaş marosimi 28 noyabr kuni Ummon poytaxti Masqat şahrida bölib ötadi. Unda 7ta yönaliş böyiça eng yaxşi deb topilgan nomzodlar mukofotlanadi. Uşbu yönalişlarning barçasida kamida bir nafardan Yaponiya vakili bor; nomzod sifatida körsatilgan yaponiyaliklar jami 11 nafarni taşkil etadi.

Yilning eng yaxşi murabbiyi bölişga da'vogarlar uçligiga özbekistonlik Ravşan Haydarov ham kiritilgan. Uşbu mutaxassis yil boşida Özbekiston U23 terma jamoasi bilan Osiyo çempionatida ğolib çiqqan edi.

Uşbu sovrin uçun raqobatda Haydarovga Iroqning «Eyr Fors» klubi boş murabbiyi Bosim Hamdan va Yaponiyaning «Kaşima Antlers» jamoasi ustozi Go Oiva raqiblik qiladi. «Eyr Fors» 2018 yilgi OFK kubogida ğolib çiqqan, «Kaşima Antlers» esa Osiyo Çempionlar ligasida ğalaba qozongan.

Eslatib ötamiz, şu paytgaça özbekistonlik ikki mutaxassis qit'ada yilning eng yaxşi murabbiyi deb topilgan – Mahmud Rahimov (Özbekiston terma jamoasi, 1999 yil) va Rauf Inileyev (Özbekiston terma jamoasi, 2007 yil).

«Yilning eng yaxşi futbolçisi» nominantlari (erkaklar):
Kento Misao («Kaşima Antlers», Yaponiya)
Yuma Suzuki («Kaşima Antlers», Yaponiya)
Abdulkarim Hassan («Al-Sadd», Qatar)

«Yilning eng yaxşi futbolçisi» nominantlari (ayollar):
Samanta Kerr (Avstraliya)
Van Şuan (Xitoy)
Saki Kumagay (Yaponiya)

«Yilning eng yaxşi futzalçisi» nominantlari:
Rafael Xenmi (Yaponiya)
Ali Asqar Hasanzoda (Eron)
Mahdi Javod (Eron) 

«Yilning eng yaxşi yoş futbolçisi» nominantlari (e):
Yun Nişikava (Yaponiya)
Çon Se Jin (Janubiy Koreya)
Turkiy Al Ammar (Saudiya Arabistoni) 

«Yilning eng yaxşi yoş futbolçisi» nominantlari (a):
Fuka Nagano (Yaponiya)
Moeka Minami (Yaponiya)
Saori Takarada (Yaponiya)

«Yilning eng yaxşi murabbiyi» nominantlari (e):
Bosim Hamdan (Iroq)
Go Oiva (Yaponiya)
Ravşan Haydarov (Özbekiston)

«Yilning eng yaxşi murabbiyi» nominantlari (a):
Asako Takakura (Yaponiya)
Miyo Okamoto (Yaponiya)
Nuengrutai Sratongvian (Tailand)