Prezident Şavkat Mirziyoyev 17-oktabr kuni Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Şayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifani qabul qildi.

Özaro muloqot davomida Özbekistonning mazkur nufuzli sport taşkiloti bilan samarali hamkorligini yanada rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.

Şayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa Özbekistonda havaskor va professional futbolni qöllab-quvvatlaş, zamonaviy infratuzilma va öqitiş bazasini barpo etiş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli işlarni yuqori baholadi.

Futbol akademiyalarini birgalikda rivojlantiriş hamda “Har bir mahallada futbol maydonçasi” dasturi doirasida yoşlarni futbolga keng jalb etişga qaratilgan loyihalarni ilgari suriş muhimligi taʼkidlandi.

Yirik futbol tadbirlari, jumladan, ayollar va ösmirlar örtasidagi çempionatlarni taşkil etiş va ötkaziş, sportçilar hamda murabbiylar tarkibini tayyorlaşda uslubiy yordam körsatiş, isteʼdodli futbolçilarni saralaş kabi yönalişlarda amaliy hamkorlikni kengaytirişga kelişib olindi.