Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rahbari Şerzod Kudbiyev ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sababçi bölgan «mardikorlarga patent joriy qiliş taşabbusi»ga izoh berdi. Vazirning bildirişiça, bu ixtiyoriy bölib, heç kim ularni patent olişga yoki qandaydir tölovni amalga oşirişga majburlamaydi. Kudbiyev bu haqda vazirlikda bölib ötgan uçraşuvda ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda KUN.UZ muxbiri. 

«Bizning «aççiq tajribamiz» şuni körsatmoqdaki, ayrim hurmatli OAV, bizlarning xayrli niyatlarimizni boşqaça talqin qilişlari mumkin. Şu ma'noda men bu yerda töplanganlar va OAV vakillaridan yordam berişlarini söragan bölar edim. Masalan, işga joylaşiş uçun beriladigan patent töğrisidagi taklifimiz, internetda qizğin muhokama bölmoqda. Garçi bu narsa yangilik emas edi. Ayrim OAV esa, bu xabarni ijtimoiy tarmoqlarda reklama sifatida ham joylaştirişdi», - dedi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rahbari Şerzod Kudbiyev.

U yiğiliş mavzusiga aloqador bölmasa-da, patent masalasiga oydinlik kiritib ötdi. 

«Gap nima haqida bormoqda. Gap şundaki, bugungi kunda köplab fuqarolarimiz özlari iş topib, mehnat qilişmoqda. Ular himoyalanmagan va qonunçiligimizda, ular kelgusida pensiya olişini ta'minlaydigan me'yor yöq. Gap şu haqda bormoqda. Ya'ni ularga eng kam oylik iş haqining 4,5 baravari miqdorida pul tölaş evaziga şunday imkoniyatni taqdim etişdir. Agar ular, pul tölaşni xohlamasa, heç kim ularni majburlaş, qandaydir tölovlarni amalga oşirişlarini majburiy ravişda joriy qilişni rejalaştirayotgani yöq. Ular şaxsiy tartibda iş topib, mehnat qilişda davom etaveradi», - deya oydinlik kiritdi vazir. 

Uning ta'kidlaşiça, xorijga işlaşga ketayotgan mehnat muhojirlarida bu me'yor bor, şaxsiy yordamçi xöjaliklarida işlaydiganlarga ham ma'lum bir tölovni amalga oşirişsa, pensiya oliş imkoni beriladi. Boşqalarda esa, bunday haq-huquq yöq. 

«Bu yerda, özlari iş topib işlaydiganlarga ham pensiya oliş huquqini berişdan iborat. Şu bilan gap tamom. Ammo  ayrim axborot manbalari davlat mardikorlarga ham soliq solmoqçi, deb jar soldi», - dedi Şerzod Kudbiyev.