Rossiyada 10-avgustdan boşlab çet el fuqarosi tomonidan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği (NDFL) böyiça avans tölovi amalga oşirilmagan taqdirda, uning patentini haqiqiy emas deb topiş töğrisida avtomatik ravişda qaror qabul qiluvçi xizmat işga tuşirildi. Bu haqda TASS agentligi Rossiya Içki işlar vazirligi matbuot markaziga tayanib xabar berdi.
Idoraning qayd etişiça, Rossiyada patent asosida işlayotgan xorijliklar har oy avans tölovini tölaşi şart. Uşbu tölov tölanmaganda patentning amal qilişi töxtatiladi. Şuningdek, IIV migrant uçun soliq tölaydigan uçinçi şaxslarga tölovning maqsadi qismida uning töliq ma’lumotlari: familiyasi, ismi, otasining ismi, tuğilgan sanasi va STIR körsatişni tavsiya qildi - bu axborot tizimlarida tölovlarni töğri hisobga oliş uçun zarur.
Agar migrant patentni bekor qiliş töğrisidagi qarorga rozi bölmasa, u NDFL tölangani haqidagi kvitansiyalarning asl nusxalarini taqdim etgan holda, hujjatni bergan IIV hududiy organiga murojaat qilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, 2027-yil 1-yanvardan Rossiyada xorijiy işçilarga nisbatan talablar kuçaytiriladi: ular özini va qaramoğidagi oila a’zolarini boqiş uçun yetarli daromadga ega ekanini tasdiqlaşi kerak böladi, aks holda patent yoki işlaşga ruxsatnoma muddati uzaytirilmaydi.
Vaqtinça yaşaşga ruxsatnoma (RVP) va yaşaş guvohnomasini (VNJ) bekor qiliş uçun asoslar kengaytirilmoqda, migrantlarning farzandlari mamlakatda bölişining yangi qoidalari va NDFL böyiça qöşimça avans tölovlari, jumladan, jismoniy şaxslar qölida işlovçilar uçun ham joriy etilmoqda. Şu bilan birga, soliq organlari 2026-yil 1 oktyabrdan boşlab migrantlarning daromadlari töğrisidagi ma’lumotlarni Içki işlar vazirligiga taqdim etişni boşlaydi.








