2022-yildan söng Rossiya Federatsiyasiga nisbatan kiritilgan keng kölamli sanksiyalar hamda Ğarb kompaniyalarining Rossiya bozorini ommaviy tark etişi butun postsovet makonidagi intellektual mulk huquqini muhofaza qiliş tizimida aks-sado berdi.
Aynan Rossiyada yuzaga kelgan uşbu huquqiy böşliq va davlat darajasida qabul qilingan favqulodda qarorlar intellektual mulk öğriligining yangi modelini şakllantirdi.
Töğridan töğri xorijiy investitsiyalari bilan Rossiya bozoriga kirib kelgan xalqaro brendlar, patentlangan texnologiyalar va savdo sirlari mamlakatni tark etgan bölsa-da, ularning işlab çiqariş quvvatlari hamda intellektual mulk ob’yektlari Rossiya hukumati tomonidan qonunlaştirilgan mexanizmlar orqali mahalliy kompaniyalar foydasiga özlaştirildi.
Intellektual mulk muhofazasi – Sanoat mulkini muhofaza qiliş böyiça Parij konvensiyasi, Jahon savdo taşkilotining Intellektual mulk huquqlarining savdo bilan boğliq jihatlari böyiça bitimi (TRIPS) hamda Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YeOII) şartnomasining 74–75-moddalari bilan tartibga solinar edi. Uşbu hujjatlar tovar belgilariga bölgan eksklyuziv huquqlarni daxlsiz deb e’lon qiladi hamda insofsiz raqobatni taqiqlaydi. Biroq, Rossiya Federatsiyasi hukumatining 2022-yildagi №299-sonli qarori (döst bölmagan mamlakatlar patent egalariga tovon puli tölamaslik haqida) hamda parallel importni legallaştirişga oid normativ-huquqiy hujjatlari Rossiyaning intellektual mulk rejimini tubdan özgartirdi.
Amaliyotda bu – Rossiya içki bozorida “strukturali qayta brendlaştiriş” va Ğarb kompaniyalarining savdo sirlarini (know-how) majburiy litsenziya qilmasdan özlaştiriş şakllarida namoyon böldi.
Aynan Rossiya amaliyotida tovar belgilari va interyer dizayni imitatsiyasi doirasida Amerika va Yevropa brendlarining majburiy özlaştirilişi kuzatildi. Masalan, Rossiyada McDonald’s brendi “Vkusno i Toçka”ga, Starbucks esa Stars Coffee'ga aylantirilganda tovar belgisi rasman özgargani bilan, Ğarb kompaniyalarining patentlangan texnologik kartalari, oşxona jihozlari, menyu strukturasi va dökonlarning interyer dizayni huquq egalarining roziligisiz va tovon pulisiz foydalanilmoqda. Bu – xalqaro huquqda “likelihood of confusion” (iste’molçini çalğitiş darajasidagi öxşaşlik) mezoniga töliq tuşadi.
Şuningdek, Ispaniyaning Inditex konserniga kiruvçi Zara, Pull&Bear, Bershka dökonlari Rossiyada Maag, Ecru, Dub nomlari ostida qayta oçilib, Ğarb dizaynerlarining kiyim andozalari va dökon estetikasi deyarli özgarmagan holda sotuvga çiqarilmoqda.
Rossiya sanoatining uşbu amaliyoti qandolat va oziq-ovqat sohasida savdo sirlari özlaştirilişi bilan davom etdi. Janubiy Koreyaning Orion Corporation kompaniyasiga tegişli Choco Pie tovar belgisi misolida Rossiyadagi hududiy işlab çiqaruvçi korxonalar tomonidan rasmiy litsenziat bölmagan sub’yektlar orqali noqonuniy öxşaş analoglar va “kulrang” parallel eksport nusxalari işlab çiqarilmoqda. Natijada original retseptura hamda qat’iy sifat nazoratidan ötmagan uşbu “soxtalaştirilgan” mahsulotlar Rossiyadan MDH bozorlariga yönaltirilmoqda.













