AQŞ prezidenti Donald Tramp avvalroq öz maslahatçilariga xorijdagi jangovar harakatlar hududida bölgan amerikalik harbiylarni körib kelmoqçi ekani haqida aytgandi. Bunga uni şu kabi işni hali biron marotaba qilmagani tufayli tanqid ostiga olişayotgani sabab böldi, deb yozmoqda The Washington Post gazetasi.

Ta'kidlanişiça, Tramp öz muddati davomida xorijdagi amerikalik qöşinlarni hali biron marta borib körmagani sababli harbiy hamjamiyatning ba'zi a'zolari tomonidan tanqidga uçragan. Bunday safarlar AQŞ prezidentlari uçun an'anaga aylangandi.

«Fox News Sunday»ga bergan intervyusida Tramp «juda oğir iş jadvali» haqida gapirib, şu tufayli amerikalik askarlarni borib köra olmayotganini bildirgan. Biroq, uning qöşimça qilişiça, oxir-oqibat qöşinlarni baribir körib keladi. Washington Post ma'lumotlariga köra, Trampning özi boşqa sabablarni körsatgan. Ular orasida-xavfsizlik muammolari, uzoq safarlar va Iroq hamda Afğonistondagi uruşlardan norozi ekani kabilar bor.

Naşrning qayd etişiça, sönggi haftalarda Tramp öz maslahatçilariga bunday safar kerakligi haqida gapira boşlagan. Biroq, Trampda ayni damda Iroq va Afğonistondagi qöşinlarni körib keliş böyiça aniq rejalar mavjud emas, deya xabar beradi Washington Post Amerika prezidentining ba'zi maslahatçilariga tayangan holda.

Bundan taşqari, Tramp Minnatdorlik kuni munosabati bilan bayram vaqtida qöşinlarni körib kelişi ehtimoli juda kam, u bayramni Mar-a-Lagodagi qarorgohida ötkazadi, deb yozmoqda gazeta.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Afğonistonga taşrif buyurişga va'da bergandi.