AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'lum qilişiça, mojaroli hududlarda bölib turgan amerikalik harbiy xizmatçilarni körib keliş niyatida. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Şu tariqa, Tramp Iroq va Afğonistondagi Amerika kontingentlari joylaşgan hududlarga nega hali biron marta taşrif buyurmagani haqidagi savolga javob berdi.

Uning sözlariga köra, asosiy sabab «juda ham oğir va katta iş jadvali» hisoblanadi.

Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, bunday taşriflarni rejalaştirmoqda.

Trampning tan olişiça, amerikalik harbiylarni «jangovar kayfiyatni oşiriş» uçun körib keliş kerak.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp xatoga yöl qöyganini tan olgandi.