Alkogol iste'molida Yevropa qit'asi butun dunyoda birinçi örinda qayd etiladi. Şunga qaramay, Jahon mamlakatlari orasida Osiyoda joylaşgan Özbekiston yoşlarining alkogol iste'mol qilişi böyiça körsatkiçi ham ösib bormoqda. Bu haqda JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Jujanna Yakab ma'lumot berdi. 

20 noyabr kuni Xalqaro-press klub axborot kömagida taşkil etilgan  “Barqaror rivojlaniş maqsadlari davrida Özbekistonda soğliqni saqlaşni isloh qiliş” mavzusidagi xalqaro anjumanda nutq sözlagan Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti vakiliga köra, özbekistonlik yoşlar orasida alkogolli içimliklar iste'moli oşib bormoqda. 

Jujanna nutqi davomida ösiş sur'atlari aynan qança bölgani yoki ayni çoğda ma'lum statistikani tilga olmadi. Alkogolga ruju' qöyiş şaxsda 200dan ortiq kasalliklarning kelib çiqişiga sabab bölişi mumkin. Jahon böyiça 20-39 yoşdagi kişilarning 13,5 foiz ölimida aynan alkogol sababçi bölgan. 

Bundan taşqari, Yakab tabak mahsulotlari, xususan sigaretlarni sotib oliş imkoniyati barça yoşdagi şaxslar uçun yengillik qilişini aytmoqda.

Taşkilot ma'lumotiga köra, har yili 3 millionga yaqin kişi alkogol tufayli vafot etadi va bu umumiy röyxatga olingan ölimning 5,3 foizini anglatadi.