Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey va uning ispaniyalik hamkasbi Pedro Sançes Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqidan (YeI) çiqib ketganidan söng Gibraltar maqomi töğrisida muzokaralar ötkazdi. Bu haqda Reuters Britaniya boş vazirining idorasiga tayanib xabar bermoqda.

Hozirgi vaqtda muzokaralar tafsilotlari berilmagan.

Avvalroq, The Times gazetasi Ispaniya Gibraltar masalasida Britaniya va Yevropa ittifoqini şantaj qilayotgani haqida yozgandi.

Ispaniya boş vaziri Pedro Sançesning ma'lum qilişiça, mamlakat Brexit böyiça kelişuvni bloklab qöyişi mumkin. Bu agar unda Ispaniya hukumati Britaniya bilan Gibraltar böyiça töğridan-töğri muzokaralar olib borişi mumkin ekani körsatilmasa, yuz beradi.

Sançesning qayd etişiça, Ispaniya hukumati 72 soat oldin Brexit böyiça bitim loyihasida Gibraltar haqida tomonlarning muzokaralari mohiyati borasida söz yuritilmasligini aniqlagan. Uning eslatişiça, böğoz Buyuk Britaniya tomonidan «taqdim etilgan», lekin «unga tegişli emas».